Yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishildi
May 14, 2025
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruhi “Tolimarjon IES” AJda quvvati 1065 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarini bunyod etish bo‘yicha navbatdagi investitsiya loyihasi ijrosi bilan tanishdi.
Ishchi guruhi a’zolari qurilish maydonida bo‘lib, 3-4-bug‘-gaz qurilmalari uchun o‘rnatilgan asosiy va yordamchi uskunalarning holati, olib borilayotgan qurilish ishlarining belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilayotganligini o‘rgandilar.
Bundan tashqari, qurilish jarayonini olib borishda barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilingan holda ishlar tashkil qilinayotganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, pudratchi tashkilotlar vakillari bilan o‘zaro muzokaralarga kirishilib, unda loyihani o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar va bu jarayonda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.