TalTes
Investitsiya loyihasi yakuniy boshqichda
May 13, 2025
“Tolimarjon IES” AJda bunyod etilayotgan 1065 MVt quvvatga teng 3-4-sonli bug‘-gaz qurilmalarining qurilish ishlari yakuniy pallaga yetib keldi. Ayni paytda barcha asosiy qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lib, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 500 kV kuchlanichli ochiq taqsimlash qurilmasida yangi liniyalarni montaj qilish ishlari ham amalga oshirildi. Hozirgi kunga qadar ochiq taqsimlash qurilmasida 2 ta seksiya mavjud bo‘lgan bo‘lsa, navbatdagi 3-4-bug‘-gaz qurilmalari uchun yana qo‘shimcha 2 ta seksiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qurilish kompaniyasi mutaxassislari tomonidan mazkur yangi seksiyalarda sinash-sozlash ishlari amalga oshirildi.