TalTes
Yaponiyaning energetika sohasidagi nazariy va amaliy tajribasi o‘rganilmoqda
Noyabr 12, 2026
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati, To‘raqo‘rg‘on IES, Talimarjon IES hamda Toshkent IEM mutaxassislaridan iborat delegatsiya Yaponiyada «Tokyo Electric Power Services Ltd» (TEPSCO) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan amaliy o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda. Mazkur o‘quv dasturi energetika sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. 6-noyabrdan 20-noyabrga qadar davom etadigan o‘quv-seminar doirasida ishtirokchilar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik yechimlar, ishlab chiqarishni raqamlashtirish yo‘nalishlari hamda ilg‘or boshqaruv usullari bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, dastur davomida yapon kompaniyasining ishlab chiqarish ob’yektlariga tashriflar tashkil etilib, ularning faoliyati, texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yechimlar o‘rganiladi. Bunday xalqaro o‘quv dasturlari mahalliy energetika mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish hamda energetika tarmog‘ida samaradorlikni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.