Kasaba uyuşmalari kuni nişonlandi
Noyabr 11, 2026
11-noyabr — Özbekiston Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan “Talimarjon IES” AJda bayram tadbiri taşkil etildi.
Unda korxona mas’ullari, işçi-xodimlar, Kasaba uyuşma qömitasi a’zolari hamda faollari iştirok etdi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar kasaba uyuşmalarining mehnat jamoasidagi örni, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ular uçun munosib mehnat va ijtimoiy şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, barça xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladilar.
Şuningdek, sana munosabati bilan taşkil etilgan sport musobaqalari ğoliblari, korxona kasaba uyuşma qömitasi faoliyatida taşabbuskorligi va faolligi bilan alohida ajralib turgan xodimlar turli nominatsiyalar böyiça diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri mehnat jamoasi örtasida hamjihatlik, döstlik va özaro hurmat muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.