TalTes
Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyğunligi
Noyabr 09, 2026
Qarşi davlat texnika universiteti bilan “Talimarjon IES” AJ örtasida dual ta’limni yölga qöyiş, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş hamda kelajakda malakali mutaxassislar tayyorlaş borasida hamkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida universitetning bir guruh talabalari “Talimarjon IES” AJda bölib, elektr energiyasi işlab çiqariş jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar, asosiy işlab çiqariş uskunalari hamda buğ-gaz qurilmalarining faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, talabalarga stansiyaning işlab çiqariş faoliyati, texnologik jarayonlarning öziga xos jihatlari va energetika sohasida qöllanilayotgan zamonaviy yondaşuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bunday amaliy jarayonlar talabalarning kasbiy bilim va könikmalarini oşiriş, nazariy bilimlarini işlab çiqariş jarayonlari bilan uyğunlaştiriş hamda energetika sohasi uçun raqobatbardoş va malakali kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.