TalTes
Yangi investitsiya loyihasi – zamonaviy energetikada yangi işlab çiqariş yeçimlari
Oktabr 30, 2026
“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida umumiy quvvati 1065 MVt bölgan yirik investitsiya loyihasi doirasida barpo etilgan yangi energetika quvvatlari va zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida press-tur taşkil etildi. Mazkur loyiha 2025-yil dekabr oyida Xalqaro kongress markazida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida yangi energetika quvvatlarini işga tuşirişga bağişlangan tantanali marosim doirasida işga tuşirildi. Zamonaviy elektr energiyasi işlab çiqariş majmuasida har birining samaradorligi yuqori bölgan ikkita buğ-gaz qurilmasi örnatilgan bölib, ularning umumiy quvvati 1065 MVtni taşkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati esa 944,87 million AQŞ dollariga teng. Uşbu investitsiya loyihasi Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining kredit mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan.