G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI
Oktabr 26, 2026
Xabar berganimizdek, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ xodimlari o‘rtasida diktant tanlovi tashkil etilgan edi.
Shu munosabat bilan, musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar korxona maʼmuriyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib eʼtirof etildi.
Diplom va esdalik sovg‘alari g‘olib bo‘lgan xodimlar(ayrimlarining ishonchli vakili)ga tantanali ravishda topshirildi.