“Talimarjon IES” AJda ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi
Oktabr 20, 2026
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJda xodimlar o‘rtasida davlat tilida ommaviy diktant tanlovi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, imlo qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek tiliga hurmat va ehtiromni oshirishdan iborat.
Diktant davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan holda matn yozib, o‘z savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davlat tilining nufuzini mustahkamlash, ish yuritish hujjatlarini davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda til madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.