“Ayol energiyasi — korxona kelajagi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Oktabr 16, 2026
“Talimarjon IES” AJda xotin-qizlarning jamiyat va korxona hayotidagi faolligini oshirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Ayol energiyasi — korxona kelajagi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi mas’ullari tomonidan “Talimarjon IES” AJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida ayollarning korxona faoliyatidagi o‘rni, ularning tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda jamoaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar va interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.
Ishtirokchilar turli topshiriq va mashqlar orqali o‘z bilim, tajriba va ko‘nikmalarini namoyish etib, tadbirda faol qatnashdilar. Jarayon davomida o‘zaro fikr almashish, hamkorlikda ishlash va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida seminar-treningda faol ishtirok etgan xotin-qizlar munosib taqdirlandi.
Mazkur seminar-trening ayollarning jamoadagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Zero, ayolning bilim va salohiyati, tashabbusi va fidoyiligi — korxona taraqqiyoti hamda kelajagining muhim omilidir.