TalTes
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali kadrlar tayyorlash garovi
Oktabr 06, 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida energetika sohasini rivojlantirish hamda tarmoq uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Qarshi davlat texnika universiteti hamda “Talimarjon IES” AJ o‘rtasida dual ta’lim tizimini tashkil etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida universitet talabalari korxonaga tashrif buyurdi. Mazkur jarayonda talabalar elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy energetik uskunalar va texnologiyalar, shuningdek, ishlab chiqarishning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash, energetika sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi. “Talimarjon IES” AJ va Qarshi davlat texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishga xizmat qiladi.