Uch avlod – bir maqsad sari
Oktabr 02, 2026
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni!” munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJ korxonasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriy energetiklar, tajribali mutaxassislar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ustoz va murabbiylarning energetika sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik mehnati va boy tajribasi alohida e’tirofga loyiq ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida faxriy energetiklar o‘zlarining mehnat faoliyati, sohaga oid hayotiy tajribalari va yoshlarga bergan saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir yosh mutaxassislar uchun ustozlar tajribasidan ibrat olish va kasbiy bilimlarini yanada boyitish imkonini berdi.