TalTes
JUMA - MA'NAVIYAT KUNI
Sentabr 18, 2026
Juma — "Ma’naviyat kuni” munosabati bilan “Talimarjon IES” AJdagi sex, xizmat va bo‘limlarga “ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI. KECHA. BUGUN. ERTAGA” nomli kitob ulashildi. Mazkur nashr issiqlik elektr stansiyalarining kechagi tarixi, bugungi faoliyati hamda sohaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidir. Kitob xodimlarning korxona va energetika sohasi tarixi haqidagi bilimlarini yanada boyitishga hissa qo‘shadi. “Juma — ma’naviyat kuni” doirasidagi bunday tadbirlar jamoada kitobxonlik muhitini shakllantirish va xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi.