TalTes
YASHIL HUDUDLAR DOIMIY PARVARISHDA
Sentabr 17, 2026
“Talimarjon IES” AJ hududidagi yashil maydonlarni asrash, ularning ko‘rkamligini ta’minlash va daraxt hamda butalarni muntazam parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, hududdagi yashil maydonlar va manzarali daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘orish ishlari muntazam tashkil etib kelinayapti. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishini yaxshilash maqsadida yangi suv quvurlari o‘tkazilib, sug‘orish tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. Mazkur ishlar korxona hududini obod va ko‘rkam saqlash, mavjud yashil maydonlarni yanada kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilayapti.