SUV-KIMYO REJIMLARI NAZORAT OSTIDA
Sentabr 08, 2026
“Talimarjon IES” AJda “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan energetik qurilmalar faoliyatining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv-kimyo rejimlarini tahlil va nazorat qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda stansiyada foydalanilayotgan suvning kimyoviy tarkibi va sifat ko‘rsatkichlari maxsus tahlillar asosida muntazam tekshirilib, olingan natijalar orqali suv tarkibidagi asosiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinayapti va belgilangan me’yorlarga muvofiqligi nazoratga olinmoqda.
Shuningdek, suv sovitish minorasidagi suv tarkibini barqaror holatda saqlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini me’yor darajasida ushlab turish bo‘yicha tegishli nazorat ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan tahlil natijalari asosida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berilayapti.
Bunday nazorat va tahlil ishlari energetik qurilmalarning ishonchli ishlashini ta’minlash, suv tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish hamda texnologik jarayonlarning barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.