BIRINCHI QO'NG'IROQ-YANGI ORZULAR JARANGI
Sentabr 02, 2026
Nishon tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026—2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda “Talimarjon IES” AJ Bosh direktori Jasur Pirmanov ishtirok etib, maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.
Korxona Bosh direktori o‘z tabrigida o‘quvchilarga puxta bilim olish, yangi marralarni zabt etish, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar hamda harbiy xizmatchilarning namoyishkorona chiqishlari yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirning eng hayajonli va ramziy lahzasi — “Birinchi qo‘ng‘iroq”ning jaranglashi bilan yangi o‘quv yiliga rasman start berilgani bo‘ldi.