TalTes
“Talimarjon IES” AJda Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi
Avgust 27, 2026
“Talimarjon IES” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda korxona xodimlari, mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan bir-birlarini samimiy muborakbod etdilar. Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlari, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korxona hayotida faol ishtirok etib, o‘zining fidokorona mehnati bilan jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarning mehnati e’tirof etildi. Bayram tadbirining muhim qismida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan korxona xodimlariga ushbu yuksak e’tirof tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, turli sport musobaqalari va intellektual bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar hamda korxona faoliyatida alohida faollik ko‘rsatgan xodimlar munosib taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismida ijro etilgan Vatan, istiqlol va ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Dilbar kuylar, samimiy tilaklar va bayramona chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.