Ezgu tashabbuslar amalda
Avgust 26, 2026
“Talimarjon IES” AJda “Mahallani obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi" doirasida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va yashil hududlarni yanada kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida 75 ta bino va inshoot hududi obodonlashtirildi, 62 ta ariq tozalanib, tartibga keltirildi.
Shuningdek, hududlardagi 1 028 tup daraxt hamda 122 ta devor va darvoza oqlanib, atrofning yanada fayzli va ozoda ko‘rinishi ta’minlandi.
Bunday obodonlashtirish ishlari korxona va unga yondosh hududlarning sanitariya va estetik holatini yaxshilash bilan birga, xodimlar hamda aholi uchun yanada qulay, ko‘rkam muhitni yaratishga xizmat qiladi.