TalTes
Nishon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri o‘tkazildi
Avgust 25, 2026
Unda “Talimarjon IES” AJ xodimlari ham faol ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining 35 yillik shonli sanasini munosib nishonlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Xodimlar tadbir davomida bayramona kayfiyat va hamjihatlik muhitini yanada ko‘tarishda faol qatnashdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va erishilayotgan yutuqlar haqida alohida ta’kidladi. “Talimarjon IES” AJ jamoasi ham yurtimiz ravnaqi va iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini barqaror va uzluksiz davom ettirib kelmoqda. Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi.