TalTes
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Avgust 19, 2026
“Talimarjon IES” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish, xodimlarning huquq va majburiyatlari hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan yangi talablar va normalar, shuningdek, mazkur hujjatning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminar ishtirokchilariga qonun hujjatlariga rioya etish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda, unga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning mas’uliyati muhim ekanligi tushuntirildi.