TalTes
JAMOAVIY ISH — SAMARADORLIK VA HAMKORLIK ASOSI
Avgust 18, 2026
“Talimarjon IES” AJda xodimlarning jamoada samarali faoliyat yuritishi, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda mehnat jarayonida bir-birini qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Qarshi davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, korxona xodimlari bilan “Jamoaviy ish samaradorligini oshirish” mavzusida fikr almashdilar. Suhbat davomida jamoada sog‘lom ish muhitini shakllantirish, hamkasblar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, umumiy maqsad sari hamjihatlikda harakat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir xodimning jamoaviy natijaga qo‘shadigan hisssi, o‘zaro ishonch va mas’uliyat, muammolarni birgalikda hal etish hamda turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishning ahamiyati haqida amaliy tavsiyalar berildi.