TalTes
1065 MVt quvvatdagi bug‘-gaz qurilmasi hududining kadastr kitobi topshirildi
Avgust 17, 2026
“Talimarjon IES” AJdagi 1065 MVt quvvatdagi bug‘-gaz qurilmasi hududining kadastr kitobi belgilangan tartibda yaratilib, korxonaga topshirildi. Mazkur hujjat stansiyaning mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilib olindi. Kadastr kitobining yaratilishi qurilma hududiga oid mulkiy va huquqiy ma’lumotlarni tizimli ravishda rasmiylashtirish hamda saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.