"Talimarjon IES" AJ xotin-qizlarining bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etildi
May 01, 2025
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda "Talimarjon IES" AJ xotin-qizlari uchun ham chiptalar ulashildi.
Konsertda "Qahqaha" kulgu jamoasining chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bo‘lsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov tomonidan ijro etilgan monologlar yig‘ilganlarni mushohadaga chorladi.
Shuningdek, estrada yulduzi Gulinur hamda bir qator xushovoz xonandalarning sho‘x qo‘shiqlari tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.