#Dolzarb_40_kunlik
Avgust 13, 2026
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Mahallada obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi" doirasidagi ishlarda "Talimarjon IES" AJ jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, korxonaga yondosh hududda joylashgan Yangi Nurchi MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, daraxt va devorlar oqlanayapti.
Bundan tashqari, Koson tumanida elektr taʼminotini yaxshilash bo‘yicha ham korxona xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonda tumandagi transformatorlarga texnik xizmat ko‘rsatilib, ishonchliligi taʼminlanapti.
Bundan tashqari, transformatorlarda bo‘yoq ishlari ham tashkil qilinib, holati yaxshilanmoqda.