YASHIL HUDUDLAR — DOIMIY E’TIBORDA
Iyul 28, 2026
Bugun havo haroratining yuqori bo‘lishi kutilayotgan bir paytda atrof-muhitni asrash, korxona hududidagi yashil maydonlar va daraxtlarni parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Talimarjon IES” AJ hududidagi daraxt va ko‘chatlarning jazirama issiqdan zarar ko‘rmasligi, ularning sog‘lom o‘sishi hamda yashil hududlarning ko‘rkamligini saqlash maqsadida sug‘orish ishlari muntazam tashkil etilayapti.
Navbatdagi sug‘orish jarayonlarida korxona hududidagi daraxtlar va yashil maydonlar yetarli miqdorda suv bilan ta’minlandi.
Korxona hududida yashil maydonlarni asrab-avaylash, ularni muntazam parvarish qilish va obodonlashtirish ishlari doimiy nazoratda.
“Talimarjon IES” AJda nafaqat barqaror ishlab chiqarish, balki atrof-muhit musaffoligi va yashil hududlarni asrashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.