Energetiklarning farzandlari yozgi oromgohlarda maroqli dam olmoqda
Iyul 15, 2026
“Talimarjon IES” AJ xodimlarining farzandlari yozgi ta’tilni Shahrisabz tumanida joylashgan “Ziyo chashmalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida maroqli va mazmunli o‘tkazmoqda.
Oromgohda bolajonlarning dam olishi bilan bir qatorda ularning bilim va iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari hamda intellektual bellashuvlar muntazam tashkil qilinayapti.
Mazkur tadbirlar bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yangi do‘stlar orttirishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxona xodimlarining farzandlari ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim, zukkolik, chaqqonlik va iqtidorlarini namoyon etayapti. Sport musobaqalari va intellektual tanlovlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan bolajonlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlanmoqda.
Bunday e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar bolalarning yozgi ta’tilini nafaqat maroqli, balki mazmunli va unutilmas lahzalarga boy o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.