Havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan yuqori kuchlanishli energoqurilmalarda nazorat kuchaytirildi
Iyul 10, 2026
Yozning jazirama kunlarida elektr energetikasi ob’ektlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Talimarjon IES” AJda yuqori kuchlanishli energoqurilmalarda rejali nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.
Nazorat jarayonlarida ochiq taqsimlash qurilmalari, transformatorlar, o‘chirgichlar, ajratgichlar hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish uskunalarining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. (https://tpp.uz/news/havo-haroratining-kotarilishi-munosabati-bilan-yuqori-kuchlanishli-energoqurilmalarda-nazorat-kuchaytirildi)
Mutaxassislar tomonidan kontakt birikmalarining qizish holati, izolyatsiya elementlarining mustahkamligi, sovitish tizimlarining ishlashi va elektr jihozlarining me’yoriy ish rejimi alohida nazorat qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda energobloklarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
“Talimarjon IES” AJda yozgi yuqori harorat sharoitida elektr uskunalarining ishonchli ishlashini va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish doimiy e’tiborda bo‘lib, nazorat ishlari belgilangan reja asosida muntazam davom ettirilmoqda.