SAMARADORLIK YO'LIDA
Iyul 09, 2026
"Talimarjon IES" AJda elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz ishlab chiqarishda suvning kimyoviy tarkibini doimiy nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Suvni kimyoviy tozalash sexi tarkibidagi ekspres laboratoriya zamonaviy uskunalar yordamida uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Laboratoriya xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tezkor va aniq tahlillar energobloklarning barqaror ishlashi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
"Talimarjon IES" AJda ekspres laboratoriya faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish orqali suv-kimyo nazoratining ishonchliligi yanada mustahkamlanib, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.