XODIMLAR MALAKASI MUNTAZAM OSHIRIB BORILMOQDA
Aprel 30, 2025
“Talimarjon IES” AJda energoqurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida reja asosidagi joriy ta’mir va nazorat ishlarini tashkil etish bilan bir qatorda xodimlarning bilim va malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Shu maqsadda, stansiya mutaxassislari yurtimiz va xorijiy mamlakatlardagi o‘quv markazlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lib kelmoqda.
Xususan, stansiyaning elektr sexi xodimlari ham “Navoiy IES” AJ qoshidagi “Kelajak energetikasi” o‘quv markazi tomonidan 110kV va 220kV liniyalari releli himoya va elektr montyori yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
70 soatga mo‘ljallangan o‘quv kursi davomida tinglovchilarga mavzu borasidagi eng so‘nggi ma’lumotlar taqdim etilib, darslar so‘ngida “Navoiy IES” AJda amaliyot jarayonlari ham bo‘lib o‘tdi.