TalTes
“Talimarjon IES” AJda Mitsubishi Corporation vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Iyun 23, 2026
“Talimarjon IES” AJda Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi vakillari ishtirokida navbatdagi ishchi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida amal qilayotgan uzoq muddatli hamkorlik doirasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar jarayonida elektr stansiyasi uskunalarining ishonchli va uzluksiz faoliyatini ta’minlash, rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish, ehtiyot qismlar ta’minotini yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, shartnoma doirasidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv konstruktiv va o‘zaro manfaatli ruhda o‘tib, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Yakunda hamkorlikni izchil davom ettirish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.