KORXONA YOSHLAR YETAKCHISI YIGITLIK BURCHINI O'TADI
Iyun 01, 2026
“Talimarjon IES” AJ yoshlar yetakchisi Nurbek Qulmatov muddatli harbiy xizmatni muvaffaqiyatli o‘tab, Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etib qaytdi.
Harbiy xizmat davomida u yuksak intizomi, mas’uliyatli yondashuvi, namunali xulqi hamda jamoat ishlaridagi faolligi bilan safdoshlari va qo‘mondonlik e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
Ana shunday fidokorona xizmatlari uchun Nurbek Qulmatov harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Nurbek Qulmatovning harbiy xizmatdagi yutuqlari va munosib e’tirofi yoshlar uchun ibrat bo‘lib, Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarning amaldagi namunasidir.
“Talimarjon IES” AJ jamoasi xodimni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaydi.