“Talimarjon IES” AJ: ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy energetika uyg‘unligi
May 19, 2026
“Talimarjon IES” AJda yuqori samaradorlikka ega, umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarida ishlab chiqarish jarayonlari uzluksiz va qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.
Korxonada barcha texnologik jarayonlar zamonaviy boshqaruv tizimlari orqali boshqarilib, malakali mutaxassislar tomonidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda. Bu esa elektr energiyasi ishlab chiqarishning barqarorligi, ishonchliligi hamda samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, stansiyada ekologik xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, zamonaviy filtrlash tizimlari va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan texnologiyalar joriy etilgani natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir sezilarli darajada kamaytirilgan.
Natijada iste’molchilarga barqaror, sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.