"Talimarjon IES” AJda xotin-qizlar o‘rtasida “Oila muqaddas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
May 18, 2026
Tadbirda korxona ayol xodimalari ishtirok etib, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbatida oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda xotin-qizlarning oiladagi va jamiyatdagi faolligini oshirish haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, bugungi kunda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va oila muqaddasligini targ‘ib etish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.