TalTes
Osiyo taraqqiyot banki vakillari “Talimarjon IES” AJ faoliyati bilan tanishdi
May 12, 2026
Osiyo taraqqiyot bankining Samarqandda bo‘lib o‘tgan Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan bir guruh mas’ullari Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdilar. (https://tpp.uz/oz/news/osiyo-taraqqiyot-banki-vakillari-tolimarjon-ies-aj-faoliyati-bilan-tanishdi) Mehmonlarga stansiyada zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etilgan 1065 MVt quvvatdagi qurilmalarning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ahamiyati, energiya samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Tanishuv davomida delegatsiya vakillari korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari,  ekologik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.  O‘zaro suhbat jarayonida energetika sohasidagi istiqbolli loyihalar va investitsion hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar elektr energetikasi tizimini yanada rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash muhim ekanligini ta’kidladilar.