TalTes
FAXRIYLARDAN XABAR OLINDI
May 08, 2026
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJ tomonidan korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy xodimlar holidan xabar olindi. Faxriylarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami ulashildi va ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimiz energetika tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etilib, samimiy suhbatlar tashkil qilindi. Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun faxriylar tomonidan minnatdorlik bildirilib, yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotgani, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangani ta’kidlandi.