Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati
May 07, 2026
“Talimarjon IES” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xalqaro standartlar va zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqildi hamda yangi antikorrupsion tizimni joriy etish belgilandi. Mazkur tizimning asosiy maqsadi — jamiyat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish hamda fuqarolar va xodimlarning ishonchini mustahkamlashdan iborat.
Shu maqsadda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, tizimda korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv mexanizmi sifatida “komplayens-nazorat” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, barcha jarayonlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, xodimlarni ishga qabul qilishda shaffof, adolatli va samarali tizimni yo‘lga qo‘yish, shuningdek jamoatchilik nazoratining ta’sirchan va zamonaviy shakllaridan foydalanish kabi muhim vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli qoidabuzarliklar, noqonuniy harakatlar yoki korrupsion holatlar haqida fuqarolar va xodimlar maxsus aloqa vositalari orqali murojaat qilishlari mumkin. Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘riladi.
Korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📞 Ishonch telefoni: +998 91 461 00 44
📧 Elektron pochta manzili: yurist@taltes.uz
📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi
🕘 Qabul vaqti: Dushanba – Juma, 09:00 – 17:00
Agar siz sohada korrupsion holatlarning guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz tizimda qonuniylik va adolatni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda ochiq va shaffof faoliyatni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.