USTOZ XODIM NAFAQAGA KUZATILDI
May 01, 2026
"Talimarjon IES" AJda uzoq yillar davomida sidqidildan mehnat qilib, o‘zining halolligi, mas’uliyati va boy tajribasi bilan jamoa orasida hurmat qozongan ustoz energetik xodim Boboyor Turabov nafaqaga kuzatildi.
Boboyor Turabov yillar davomida sohaning turli mas’uliyatli vazifalarida ishlab, o‘z ishiga sadoqat bilan yondashib keldi.
Ko‘plab yosh kadrlar aynan ustozning saboqlari, maslahatlari orqali kasb sirlarini o‘rganib, bugun o‘z yo‘lini topgan.
Tadbir davomida hamkasblari uning mehnatini alohida e’tirof etib, insoniy fazilatlari — kamtarligi, samimiyligi va jamoaga mehribonligi haqida iliq fikrlar bildirishdi.