TalTes
MEHNAT MUHOFAZASI-BARQARORLIK ASOSI
Aprel 28, 2026
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJda “Mehnat muhofazasi — barqarorlik asosi” shiori ostida chellenj tashkil etildi. Mazkur chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxona xodimlari o‘rtasida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish madaniyatini yanada oshirish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarida ehtiyot choralarini kuchaytirishdan iborat. Ushbu chellenj orqali xodimlar orasida “Xavfsizlik — birinchi o‘rinda” tamoyilini mustahkamlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.