TalTes
“Tolimarjon IES” AJda “Elektron davlat xizmatlari va raqamli ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Aprel 17, 2025
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” hamda “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar davomida ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz imkoniyatlari batafsil tushuntirildi. Xodimlarga elektron xizmatlardan qanday foydalanish, ariza topshirish, hujjatlarni onlayn shaklda olish bosqichlari amaliy tarzda namoyish etildi. Shuningdek, xalqaro IT sertifikatlariga ega bo‘lish yo‘llari va ushbu sertifikatlar uchun ajratiladigan kompensatsiyalar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomchisi sifatida Coursera platformasida taqdim etilayotgan bepul va professional kurslar, hamda itstudy.uz- “Hayot davomida ta’lim olish platformasi” orqali zamonaviy IT yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniyatlari haqida ham mutaxassislar tomonidan to‘liq tushunchalar berildi.