TalTes
Futbol bo‘yicha "Nuriston cheFutbol bo‘yicha "Nuriston chempionati"ga start berildimpionati"ga start berildi
Aprel 27, 2026
Nuriston qo‘rg‘oni va unga yondosh hududlarda istiqomat qiluvchi futbol ixlosmandlari tashabbusi bilan futbol bo‘yicha chempionat o‘yinlari boshlandi. Unda Nishon tumanidagi mahallalardan tuzilgan 10 dan ortiq jamoalar faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan mazkur chempionat bo‘yicha bildirilgan tashabbus Qashqadaryo viloyati Futbol federatsiyasi, "Talimarjon IES" AJ va hamkor tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Maʼlumot o‘rnida: Musobaqalar bo‘lib o‘tayotgan "Nuriston" o‘yingohi "Talimarjon IES" AJ tashabbusi bilan to‘liq taʼmirlanib, joriy yilning 28-mart sanasida foydalanishga topshirilgan edi.