TalTes
“Talimarjon IES” AJda barqaror ishlab chiqarishni ta’minlashda xalqaro hamkorlik masalasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi
Aprel 17, 2026
Mazkur uchrashuv doirasida korxona rahbariyati hamda TEDOM kompaniyasi vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda elektr stansiyaning ishlab chiqarish jarayonlarini kelgusida yanada takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda texnik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar, xususan, keying yillarda bosqichma-bosqich zamonaviy kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishdagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Xorijiy kompaniyasi mutaxassislari o‘z tajribalari asosida ilg‘or yechimlar va innovatsion yondashuvlarni taqdim etib, ularning amaliy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda energetika sohasida barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.