“Talimarjon IES” AJda davra suhbati o‘tkazildi
Aprel 14, 2026
Mazkur tadbir jamiyat xodimlari o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda yoshlar tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirish hamda kamxarjlik, maromiylik va milliy qadriyatlarga rioya etishning ahamiyati haqida o‘tkazildi.
Shuningdek, bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni yosh avlod ongiga singdirish muhimligi alohida ta’kidlandi.