TalTes
"Ona tilim-g'ururim"
Aprel 10, 2026
10-aprel — “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan “Talimarjon IES” AJda xodimlar o‘rtasida “Ona tilim — g‘ururim” mavzusida chellenj tashkil etildi. Mazkur chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat tilimiz — o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, uning boyligi va jozibasini targ‘ib qilish, shuningdek, xodimlar qalbida ona tiliga bo‘lgan hurmat va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona tilimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.