TalTes
HAFTADA BIR KUN "SPORT KUNI"
Aprel 10, 2026
Joriy yilning 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda haftada bir kun "Sport kuni" deya eʼlon qilinishi belgilab berildi. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida "Talimarjon IES" AJ tashabbusi bilan yangidan taʼmirlangan "Nuriston" sport maydonida korxonaning rahbar va ishchi xodimlaridan iborat jamoalar ishtirokida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar faol ishtirok etib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. Bu kabi sport musobaqalari doimiy o‘tkazilib borishi belgilab qo‘yildi.