Sirdaryo IES xodimlari “Talimarjon IES” AJda tajriba almashdi
Mart 17, 2026
Energetika sohasida samaradorlikni oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Sirdaryo IES xodimlari “Talimarjon IES” AJda bo‘ldi.
Mazkur jarayonda mutaxassislar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.
Shuningdek, jarayonida ikki stansiya mutaxassislari o‘z faoliyatlaridagi amaliy tajribalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar.
Ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.