“Talimarjon IES” AJda xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
Mart 13, 2026
"Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi" shiori ostida tashkil etilayotgan hashar ishlari jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, hududni obodonlashtirish hamda xayriya ishlarini kengaytirish maqsadida bo‘lib o‘tayapti.
Hashar davomida korxona hududidagi 2 gektardan ortiq yer maydoni obodonlashtirilib, 1,5 km.dan ortiq ariqlar tozalanayapti.
Shuningdek, 300 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilayapti hamda 500dan ortiq daraxtlarga shakl berilib, oqlanayapti.