TalTes
O'QUV MASHG'ULOTLARI O'TKAZILMOQDA
Mart 11, 2026
“Talimarjon IES” AJda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, ularni nafaqat o‘z mutaxassisliklari, balki texnika va sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi borasidagi bilimlarini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni kunlarda "Sirdaryo grand o‘quv" xususiy ta’lim muassasasi mutaxassislari tomonidan xodimlar uchun “Sanoat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilayapti. Unda barcha sex, xizmat va bo‘limlardagi xodimlar ishtirok etib, zaruriy bilimlarga ega bo‘lmoqda.