TalTes
“Talimarjon IES” AJda xotin-qizlar kengashi raisi saylandi
Mart 10, 2026
“Talimarjon IES” AJda xotin-qizlar kengashi raisini saylash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.Unda korxona rahbariyati hamda xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalaga ko‘ra, ochiq ovoz berish yo‘li bilan suvni kimyoviy tozalash sexi laboranti Dilnoza Mamatova stansiyaning xotin-qizlar kengashi raisi etib saylandi Yangi saylangan rais kelgusida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishi lozim ekanligi taʼkidlandi.