TalTes
OROMGOH MAVSUMGA SHAYLANMOQDA
Aprel 16, 2025
Maktab o‘quvchilari uchun yozgi taʼtil boshlanishiga ham bir oydan ortiq vaqt qoldi. Shu bilan birga, butun yurtimiz bo‘ylab oromgohlar mavsumiga ham start beriladi. Mazkur jarayonlarga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida "Talimarjon IES" AJga qarashli "Sohibqiron" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida ham tayyorgarlik ishlar jadal olib borilayapti. Yakkabog‘ tumanidagi purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim maskanda bolajonlarning maroqli hordiq olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinayapti. Oromgohda olib borilayotgan ishlar korxona masʼullari tomonidan muntazam nazorat qilinib, barcha jarayonlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ko‘zdan kechirib borilmoqda.