YANGILIKLAR

BOLALARGA QUVONCH ULASHILDI

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ ma'muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Nishon tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar va ishchi xodimlarning fazrandlari Qarshi shahridagi qo‘g‘irchoq teatriga olib borildi.

Unda bolajonlar, dastlab, yangidan foydalanishga topshirilgan teatrdagi milliy obrazlarimiz aks ettirilgan muzeyda bo‘ldilar.

Shundan so‘ng, teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirgan "Sirli quti" musiqali spektaklini tomosha qildilar.

"'Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

“Talimarjon IES” AJga qarashli “Sohibqiron” yozgi bolalar oromgohida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan o‘quv seminari o'tkazildi. Unda “Issiqlik elektr stansiyalari” tizim korxona va filiallaridagi mehnat muhofazasi vakillari ishtirok etdi.

Seminar doirasida mehnatni muhofaza qilishga oid o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar, tanlov va musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilarning soha bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari uchun Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirilib, Amir Temur va temuriylar tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

Seminarning yopilish marosimida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlar g'oliblari hamda faol ishtirok etgan xodimlar diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

“Talimarjon IES” AJga qarashli “Amir Temur” madaniyat saroyida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-yenergetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mohiyati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Unda korxona mas’ullari, Nishon tumanidagi mahalla yettiligi va aholi vakillari, elektr va gaz bo‘yicha mutasaddilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida elektr iste'moli uchun yangi normaning joriy etilishi avvalo resurslarni tejash, iste'molchi sifatida madaniyatimizni oshirish, sohaga investorlarni kengroq jalb etish imkonini berishi aytib o‘tildi.

Bugungi kunda viloyatdagi iste'molchilarning qariyb 75 foizi 1 oyda 200 kVt. ga yaqin elektr energiyasidan foydalanayotganini inobatga olsak, ajratilgan limit ularning ehtiyojiga mos kelishi ta’kidlandi.

Fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, zaruriy tavsiyalar aytib o‘tildi.

“Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"Talimarjon IES" AJ bosh direktori Jasur Pirmanov boshchiligidagi mas'ullar stansiya va unga yondosh hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, Nuriston qo‘rg‘onchasiga olib keluvchi 8 km uzunlikdagi yo‘lda tashkil etilgan hashar hamda yo‘l chetida joylashgan umumiy ovqatlanish joylari va savdo do‘konlari hududidagi obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida mas'ullarga Nuriston qo‘rg‘onchasidagi mahalla raislari va faollar bilan hamkorlikda ishlab, hudud ozodaligi bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ xotin-qizlari o‘rtasida "Orasta qizlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Unda korxonadagi barcha sex va bo‘limlarda mehnat qiluvchi ayol-qizlardan vakillar ishtirok etib, tanlovdagi shartlar asosida bellashdilar.

Bayram dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tanlov so‘ngida Elektr sexi xodimasi Xolida Nigmatova "Orasta ayol" nominatsiyasiga loyiq ko‘rilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

https://www.youtube.com/watch?v=2IHBt0m2_DE

PROFILAKTIK NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Ishlab chiqarish jarayonlarining samarali tashkil etilishi uchun “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tizim korxonalaridagi ish jarayonida ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelmasligi ham muhim omil sanaladi.
Shu munosabat bilan barcha stansiyalarda doimiy ravishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasida tegishli mas’ullar tomonidan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish va nazorat ishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, “Tolimarjon IES” AJda ham favqulodda holatlarda barcha zarur uskunalarning shay holatda ekanligi stansiya binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi profilaktika va yong‘in nazorati bo‘limi tomonidan sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda yerdan suv olgichlarning sozligi, xodimlarning bu boradagi mavjud yo‘riqnomalar bilan tanish ekanligi yana bir bor nazoratdan o‘tkazildi.

“Tolimarjon IES” Matbuot xizmati.

TIZIMLI NAZORAT USKUNALARNING ISHONCHLI ISHLASHIGA XIZMAT QILADI

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida iste’molchilarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida uskunalarni nazorat qilish jarayoni tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Bu boradagi ishlar “Tolimarjon IES” AJ tomonidan ham reja asosida amalga oshirilyapti. 

Xususan, tungi navbatchilikda ishlaydigan xodimlar tomonidan tashkil etilayotgan ko‘rik tadbirlari iste’mol talabi ortgan davrda ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Jumladan, korxonaning qirg‘oq nasos stansiyasida olib borilgan tungi nazorat jarayonlarida asosiy e’tibor uskunalarning muzlab qolishini oldini olishga qaratildi.

Shuningdek, ko‘rik davomida suvni tozalab beruvchi uskunalarni yuvish ishlari olib borilib, nasoslarning harorat va bosim miqdori tekshirildi va barcha qurilmalar ishchi holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati

"'Tolimarjon IES" AJ ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nuriston qo‘rg‘onchasidagi harbiy qismlar xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Vatan posbonlariga yurt tinchligini asrashdek mashaqqatli va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.
Shuningdek, stansiya dahlsizligini ta'minlashda munosib hamkorlik qilib kelayotgan harbiy qism harbiylariga ham minnatdorlik izhor etildi.

"Tolimarjon IES" AJ matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"Tolimarjon IES" AJ ma'muriyati havo harorati har kungidan-da past darajani ko‘satayotgan ayni paytda tungi navbatchilikda ishlayotgan xodimlar faoliyati bilan tanishmoqda.
Shuningdek, ishchi xodimlarga "O‘zingizni sovuqdan asrang" targ‘ibot ishlarini olib borib, ish joylariga issiq qahva hamda joy, shirinliklar tashkil qilindi.
Mazkur ishlar havo harorati -20-25 darajani ko‘rsatayotgan bugungi anomal sovuq ob-havo sharoitida xodimlarning hamisha sergak bo‘lishlarini ta'minlash va qulay mehnat sharoiti yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

“Tolimarjon IES”AJda uskunalarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida tungi nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

(https://youtu.be/12RyRJQ9_s8)Mazkur jarayon davomida barcha qurilmalar to‘liq ko‘zdan kechirilayapti.

Xususan, transformatorlarning moy sathi me’yorda ekanligi, ochiq taqsimlash qurilmalaridagi ehtiyot qismlarida muzlash holati yo‘q ekanligi nazorat qilinmoqda.

Ayniqsa, havo harorati -20c daraja ko‘rsatayotgan tunning qoq yarmi va tong paytlarida mazkur ishlar yanada kuchaytirilgan tarzda tashkil qilinayapti.

"Tolimarjon IES" AJda havo harorati -18 darajani ko‘rsatayotgan ayni paytda uskunalarning muzlashiga qarshi faoliyat olib boradigan maxsus guruh tomonidan nazorat ishlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, shtab a'zolari ham bir dam bo‘lsa-da xushyorlikni qo‘ldan boy bermay, o‘z ishlarini davom ettirayapti.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

JAMOA SHARTNOMASI MUHOKA,MA QILINDI

“Tolimarjon IES”AJda stansiya ma’muriyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi va ishchi xodimlar ishtirokida 2022 – 2024-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida stansiya xodimlari tomonidan ham bir qator takliflar bildirildi. Shundan so‘ng Jamoa shartnomasining qabul qilinishida ishtirok etishi lozim bo‘lgan delegatlar saylab olindi.

“Tolimarjon IES”AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

“TOLIMARJON IES” AJ SOVUQ OB-HAVODA HAM ISHLAR TUN-U KUN TASHKIL ETILMOQDA

Yurtimiz bo‘ylab kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida “Issiqlik elektr stansiyalari”AJ tizim korxonalarida nazorat ishlari ikki karra mas’uliyat bilan bajarilmoqda. 

Xususan, “Tolimarjon IES” AJda ham atrofni qor qoplab, yog‘ingarchilik davom etayotgan ayni paytda xodimlar tomonidan barcha asosiy va yordamchi qurilmalar to‘liq ko‘zdan kechirilmoqda.

Jumladan,  ochiq taqsimlash qurilmalarining belgilangan tartibda ishlayotganligi, harorat o‘lchagichlarda tasdiqlangan me’yordagi ko‘rsatkichlar qayd etilayotganligi kabi bir qator tekshiruv ishlari amalga oshirilayapti.

Mazkur nazorat jarayoni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holatda olib borilmoqda.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati

"Tolimarjon IES" AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari stansiya tasarrufidagi tibbiy sanitariya qismda bo‘lib, u yerdagi isitish tizimining holati bilan tanishdi. Shuningdek, sanitariya qismda davolanayotgan bemorlar holidan ham xabar olinib, ularga yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

ISHCHI XODIMLARGA YANGI YIL SOVG'ALARI TOPSHIRISH JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR

“TOLIMARJON IES” AJ SOVUQ OB-HAVODA HAM ISHLAR TUN-U KUN TASHKIL ETILMOQDA

Yurtimiz bo‘ylab kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida “Issiqlik elektr stansiyalari”AJ tizim korxonalarida nazorat ishlari ikki karra mas’uliyat bilan bajarilmoqda. 

Xususan, “Tolimarjon IES” AJda ham atrofni qor qoplab, yog‘ingarchilik davom etayotgan ayni paytda xodimlar tomonidan barcha asosiy va yordamchi qurilmalar to‘liq ko‘zdan kechirilmoqda.

Jumladan,  ochiq taqsimlash qurilmalarining belgilangan tartibda ishlayotganligi, harorat o‘lchagichlarda tasdiqlangan me’yordagi ko‘rsatkichlar qayd etilayotganligi kabi bir qator tekshiruv ishlari amalga oshirilayapti.

Mazkur nazorat jarayoni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holatda olib borilmoqda.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati

"Tolimarjon IES" AJ tomonidan Nishon, Koson va G‘uzor tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Mazkur ishlar "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilida daromadi kam oilalarning uylarini ta'mirlab, mavjud holatlarda yangi uylar qurish maqsadida amalga oshirilmoqda.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

"Tolimarjon IES" AJda 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi tungi navbatchilikda ishlaydigan xodimlarga stansiya ma'muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"Tolimarjon IES" AJ hududida bezatilgan archa yonida ishchi xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda navbatchilikni topshirib, ish vaqti tugagan xodimlar va endi tungi smenaga kelayotgan ishchilarga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

AYOLLAR KENGASHI YILLIK HISOBOTLARI TINGLANDI

Yil yakunida "Tolimarjon IES" AJdagi barcha sex va bo‘limlar o‘tgan yilda bajarilishi lozim bo‘lgan rejalar bo‘yicha hisobotlar topshirishmoqda.

Jumladan, korxonaning Ayollar kengashi raisi Yulduzxon Soatova, jamiyatdagi kengash a'zolari birgalikda barcha ayollar ishtirokida belgilangan rejalar sarhisob qilinib, sex va bo‘limlardagi kengash a'zolari o‘z hisobotlarini taqdim etdilar.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#FOTOREPORTAJ

"Tolimarjon IES" AJda ishchi xodimlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Barcha xodimlarga bayramona kayfiyat ulushgan sovg‘alar nafaqat ishchilar, balki ularning oila a'zolariga ham munosib hadya bo‘ladi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

"BIZ ELNING FAXRIMIZ- ENERGETIKMIZ!"

"Tolimarjon IES" AJda Energetiklar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri shunday nom oldi.
Dastlab, stansiya bosh direktori Olim Yusupov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qizg‘in tabrikladi. So‘nga, stansiyada an'anaga aylangan nafaqaga chiqqan xodimlarni taqdirlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda korxonada uzoq yillar faoliyat olib borib, ayni kunlarda keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug‘larga hurmat ko‘rsatildi. Shundan so‘ng stansiyaning 29 nadar xodimiga "Energetika faxriysi" ko‘krak nishoni hamda bir nafar xodimga MDHda xizmat ko‘rsatgan energetika faxriysi Faxriy yorlig‘i topshirildi.
Tadbir mobaynida o‘z faoliyati davomida kasbiga bo‘lgan fidoyiligi orqali jamoada o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ishchilar stansiya va "IES" AJning Tashakkurnoma hamda Faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

TUNGI NAZORAT KO‘RIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

“Tolimarjon IES” AJda navbatchilik asosida tashkil etilgan tunu-kun  faoliyat davomida xodimlar tomonidan barcha uskunalar har ikki soatda nazoratdan o‘tkazilayapti va smena boshliqlari hamda shtab a’zolariga hisobot berilib, maxsus daftarga uskunalarning holati qayd etib borilmoqda. 

Nazorat davomida mavjud barcha asosiy va yordamchi qurilmalarga alohida e’tibor qaratilyapti. Xususan, transformatorlarning holati, ochiq taqsimlash qurilmalarida belgilangan me’yordan ortiq qizishlar yo‘qligi ko‘zdan kechirilyapti.

Shuningdek, shtab a’zolari tomonidan tungi navbatchilikda ishlayotgan xodimlarning sergakligini oshirish maqsadida ularning faoliyati o‘rganilib, mazkur mas’uliyatli davrda bir dam bo‘lsa-da, xushyorlikni boy bermay, doimiy nazorat ishlarini olib borishlari lozimligi ta’kidlanyapti.

“Tolimarjon IES”AJ Matbuot xizmati

"Tolimarjon IES" AJ kirish qismi zamonaviy holatga keltirilmoqda. Shuningdek, stansiyaga olib boruvchi yo‘laklarga kafel yotqizilayapti.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

“TOLIMARJON IES” AJ: ISHLAR TUNU-KUN KUCHAYTIRILGAN  REJIMDA OLIB BORILMOQDA

Elektr energiyasi iste’moli sezilarli oshgan joriy qish mavsumida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish jarayonini doimiy nazoratda ushlab turish maqsadida barcha elektr stansiyalaridatunu-kun 24 soatlik kuchaytirilgan ish tartibi joriy etilgan.

Xususan, “Tolimarjon IES” AJ xodimlari tomonidan ham korxonadagi barcha qurilmalar normal ishlashi kecha-yu kunduz ko‘zdan kechirib borilmoqda. Minus havo harorati sharoitida, ayniqsa tun davomida,   stansiya ishlab chiqarishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi uskunalarning soz ishlashi hamda muzlab qolishidan asrash uchun muntazam kuzatuv ishlari tashkil qilingan.

Shuningdek, transformatorlarning holati, ulardagi moy sathining belgilangan me’yordaligi, ochiq taqsimlash qurilmalaridagi qo‘shib ajratgichlarning sozligi, nasoslar va ochib yopgichlarning ish holatda bo‘lishi to‘liq ko‘zdan kechirilib borilmoqda.

– Xodimlarimiz turli favqulodda vaziyatlar va o‘chishlarning oldini olish maqsadida tunu-kun ishga shay holatda navbatchilik asosida faoliyat olib bormoqdalar, - deydi “Tolimarjon IES” AJ bosh direktori Olim Yusupov.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati

KONSTITUSIYA – BAXTIMIZ POYDEVORI
“Issiqlik elektr stansiyalari”AJ tizim korxonalarida Konstitusiyamizning 30 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ulardan navbatdagisi “Tolimarjon IES” AJ da o‘tkazildi.
“Konstitusiya - baxtimiz poydevori” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida dastlab, bosh qomusimizning qabul qilinish tarixi, uning mamlakat hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
Tadbirda so‘z olganlar bugun konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, undagi bob va moddalar xalqimiz fikrini inobatga olgan holda tahrir qilinayotganligi borasidagi fikrlarini bildirib, bu bo‘yicha o‘z takliflarini ham aytib o‘tdilar.
Shuningdek, davra suhbatida ishtirok etgan xotin-qizlar va yoshlar vakillari ham konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarda ayollar va yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilayotganligi haqida mulohazalarini bayon etdi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#chellendj
#konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

"Tolimarjon IES" AJda Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" chellendji o‘tkazildi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#FOTOREPORTAJ

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida joriy mavsumda barcha energoqurilmalarning to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash, ehtimoliy favqulodda holatlatning oldini olish maqsadida maxsus shtab tuzilib, navbatchilik asosida tun-u kun nazorat ishlari olib bormoqda.

Havo harorati pasayib, qish qirovli kunlar boshlangani munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJda ham navbatdan tashqari nazorat o‘tkazildi.
Uning doirasida asosiy va yordamchi qurilmalar ko‘zdan kechirildi. Xususan, dvigatel, mator, nasoslar, sovituvchi qurilmalar, transformatorlar va shu kabi barcha energouskunalarning ish faoliyati to‘liq nazoratdan o‘tkazildi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

SIZ DOIM E'ZOZ VA E'TIBORDASIZ

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Tolimarjon IES" AJ va Nishon tumanining Kimyogar MFY hamkorligida o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda Nishon tumanida istiqomat qiluvchi hamda Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Dastlab Nishon tumani hokimi M. Hayitmurodov yig‘ilganlarni bugungi bayram bilan tabriklab, ishtirokchilarga ular doim e'zoz va e'tiborda ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng "Tolimarjon IES" AJ Xotin-qizlar kengashi raisi Yulduzxon Soatova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga stansiya ma'muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasining tabrigini yo‘lladi.

Tashkil etilgan bayram dasturida xalqimiz sevgan san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ishtirokchilarni raqsga chorladi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#FOTOREPORTAJ

“Tolimarjon IES” AJdagi elektr energiyasini hisobga olish uskunalarining soz holatda ekanligi va hisoblash tizimining belgilangan tartib bo‘yicha ishlayotganligini ko‘zdan kechirish maqsadida “O‘zenergosozlash” xodimlari bilan hamkorlikda elektr hisoblagichlarda nazorat ishlari olib borildi.
Ko‘rik mobaynida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, kelgusida mazkur uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida zarur texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH KENGAYMOQDA

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining barcha tizim korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi ishlar bosqichma-bosqich davom etmoqda. Xususan, ayni kunda “Tolimarjon IES” AJda 1038 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari bajarilmoqda.

Ayni damda metal konstruksiyasini o‘rnatish jarayoni davom etayotgan mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi maydoni 1 gektardan oshiq maydonni  egallaydi. U ishga tushirilgach, yiliga 1,9 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 241 ming kub metrdan oshiq shartli yoqilg‘i tejashga erishiladi.

– Iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasiga talab ortadigan kuz-qish mavsumida ushbu quyosh foto elektr stansiyasi orqali sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yanada kengayadi,-deydi “Tolimarjon IES” AJ elektr sexi yetakchi muhandisi Zokir Eralov.

Shuningdek,  ayni vaqtda stansiyada 255 dona quyosh yoritgichlari o‘rnatish jarayoni  ham jadal davom etmoqda. Ular ishga tushirilgach esa yiliga 355,3 ming kVt.soat elektr energiyasi hamda 6,8 tonna shartli yoqilg‘i iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 10-iyun kunidagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

#FOTOREPORTAJ

"Tolimarjon IES" AJda yil yakuniga qadar 255 dona quyosh yoritgichlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur jarayon qizg‘in davom etayapti. Ular ishga tushirilgach, yiliga 355320 kW soat elektr energiyasi hamda 6,8 tonna shartli yoqilg‘i tejash imkoni paydo bo‘ladi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#FOTOREPORTAJ

"Tolimarjon IES" AJda "Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar qizg‘in davom etayapti.
Hozirgi vaqtga qadar 8 500 tup daraxt ko‘chatlari ekib, ularni oqlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, 150 tup Globus, 13000 tup Viola gul ko‘chatlari ham o‘tqazish reja qilingan bo‘lib, ayni vaqtda bu jarayon ham davom etmoqda.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda "IES" AJ va "Tolimarjon IES" AJ tashabbusi bilan Nuriston hududidagi yo‘llarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hozirga kelib, Nuristondagi tashqi avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish jarayoni davom etayapti.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

#Chellenj
#Bayroq

"Tolimarjon IES" AJ ishchi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "Bayrog‘im - faxrim" chellenji o‘tkazildi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

Tolimarjon IES" AJda yil yakuniga qadar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan 1038 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektrstansiyasini montaj qilish ishlari boshlandi.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

"Tolimarjon IES" AJ jamoasi tomonidan stansiyaga yondosh hududlarga "Dolzarb 40 kunlik" doirasida bugungi kunga qadar 6000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ayni damda mazkur jarayon qizg‘in davom etmoqda.

"Tolimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

FOTOREPORTAJ

“Tolimarjon IES” AJ tomonidan stansiya joylashgan Nuriston qo‘rg‘onchasiga kiraverishdagi 8 kilometr va mazkur hududdagi masjidga olib boruvchi 5,5 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu xayrli ish oldidan mahalla oqsoqollari duoga qo‘l ochib, mehnat qilayotganlarning ishlariga baraka tilashdi.
Shuningdek, inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning bosh tashabbuskori bo‘lgan davlatimiz rahbari va bu odilona g‘oyalarni insonlar hayotida aks etishi uchun mehnat qilayotgan “IES” AJ va “Tolimarjon IES” AJ ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

BAYRAM MUNOSIB NISHONLANDI

#FOTOREPORTAJ

11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJ ishchi xodimlari o‘rtasida voleybol musobaqasi start oldi. Musobaqaning birinchi kunida stansiyada mehnat qilayotgan xotin-qizlardan tarkib topgan jamoalar bellashdilar.

11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJ ishchi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan voleybol musobaqasining ikkinchi kunida stansiyada mehnat qilayotgan erkaklar jamoasi bellashdilar.

“Tolimarjon IES” AJ ishchi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan voleybol musobaqasining final bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi.

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rin Qozon turbina sexi jamoasi
2- o‘rin TJABT sexi jamoasi
3- o‘rin MT sexi jamoasi

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rin GTI va K sexi jamoasi
2- o‘rin Boshqarma xotin-qizlari jamoasi
3- o‘rin TJABT sexi jamoasi

"Tolimarjon IES" AJda 11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Dastlab, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kasaba uyushma xodimlariga yo‘llagan tabrigi qo‘yib berildi.
So‘ngra, "Tolimarjon IES" AJ bosh direktori Olim Yusupov so‘zga chiqib, Kasaba uyushma xodimlarini bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan stansiya ishchi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g‘olib bo‘lganlar korxona ma'muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolariga ham sovg‘alar topshirilib, ularning mehnatlari e'tirof etildi. Shuningdek, bayramda so‘z olgan stansiya xodimlari ham korxonada inson qadrini ulug‘lash, ishchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratishda soha xodimlarining xizmati beqiyos ekanligiini alohida ta'kidlab o‘tdi.

“TOLIMARJON IES” AJ: YURTIMIZDA YASHIL MAKON YARATAMIZ

 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Yashil belbog‘”ni yaratish maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Tolimarjon IES” AJda “Dolzarb 40 kunlik” asosida  13600 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish maqsad qilingan.   

                Mazkur loyiha doirasida “Tolimarjon IES” AJ hududida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil bahor mavsumida 8491 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Hozirgi kunga kelib, “Dolzarb 40 kunlik” asosida stansiya va unga yondosh hududlarga  1200 tup ko‘chatlar ekildi.

– Qurilish-bunyodkorlik ishlari jadallashayotgan davrda atrof-muhit, tabiatga bo‘lgan e’tibor har qachongidan yuqori. Umummilliy loyiha doirasida qilinayotgan bugungi ezgu ishlar kelajak avlod uchun munosib xizmat qiladi va turli xil ekologik muammolarning yuzaga kelishini bartaraf etadi,-deydi “Tolimarjon IES” AJ ekologi N. Rahimov. –  Shuningdek, biz energetiklar “Yurtimizda yashil makon yaratamiz” shiori ostida, birgalikda mehnat qilmoqdamiz.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 11-oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yil yakuniga qadar 75 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ: ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI XODIMLAR SALOHIYATIGA BOG‘LIQ

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida xavfsizlik texnikasi va elektr uskunalardan foydalanish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv kurslari tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunlarda “Tolimarjon IES” AJ, “Toshkent IES” AJ hamda “Farg‘ona IEM”AJlarda ham maxsus texnik o‘quv kurslari tashkil etilib, unda tasdiqlangan jadval asosida stansiyalarning barcha operativ va ta’mirlovchi xodimlari ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Kurs davomida biriktirilgan mutaxassislar tomonidan stansiyada oxirgi 5 yillikda  yuz  bergan  avariyaviy o‘chishlar tahlil qilinib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligining oldini olish bo‘yicha  maxsus darslar o‘tilmoqda.

– Ma’lumki, xodimlarning o‘z sohalari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishida maxsus kurslarda o‘qib, malakasini oshirib borish muhim sanaladi. Kadrlar salohiyatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash jarayonida esa bunday o‘quv kurslar munosib dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi,-deydi  “IES” AJ ….

Ma’lumot o‘rnida, mazkur texnik o‘quv kurslari “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022-yil 6-oktyabrdagi “2022 – 2023-yillarda ishlab chiqarish – iqtisodiy o‘quv yilini tashkillashtirish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan tashkil qilinmoqda hamda o‘qitish jarayoni 2023-yilning 31-mayiga qadar davom etadi.

“Tolimarjon IES” AJning 2-bug‘-gaz qurilasida oldindagi kuz qish mavsumida qurilmaning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ilk bor mukammal ta’mir jarayoni boshlandi.

450 MVtli mazkur qurilmada amalga oshirilgan ta’mir ishlari  belgilangan reja asosida amalga oshirilayapti.

Mazkur jarayonda  barcha asosiy va yordamchi uskunalarda aniqlangan nuqsonlar to‘laligicha bartaraf etilishi ko‘zda turilgan.

Ayni damda bug‘-gaz qurilmasi rotorining qopqoqlarini ochish ishlari olib borilmoqda.

ОЧИҚ ТАҚСИМЛАШ ҚУРИЛМАЛАРИ ТЕХНИК КЎРИКДАН ЎТКАЗИЛДИ

“Иссиқлик электр станциялари” АЖнинг барча тизим корхоналарида эълон қилинган “сафарбарлик ойлиги” доирасида олдиндаги куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари кучайтирилган тартибда олиб борилмоқда.      

         Жумладан, “Толимаржон ИЭС” АЖда уюшқоқлик билан давом этаётган мавсумолди тайёргарлик ишлари доирасида станциянинг 220 кВ кучланишли очиқ тақсимлаш қурилмаси “Ўзэнергосозлаш” АЖ мутахассислари билан ҳамкорликда техник кўрикдан ўтказилди.

Мазкур жараёнда чинни изоляторларнинг синмаганлиги, тозалиги, ток ва ўлчов кучланиш трансформаторлари, ўта кучланишдан сақлагич ускуналарнинг ҳолати ўрганилди.

Шунингдек,   илигазли ток трансформаторларининг илигаз босимлари, унинг меъёрий ҳолда ишлаётганлиги, контактларнинг ранги ўзгармаганлиги,      мойли ток трансформаторларидаги мой сатҳи ва ҳаво тозаловчи фильтрларнинг ҳолати, шиналарнинг белгиланган миқдордан ортиқ қаттиқ тортилмаганли  ҳамда меъёрий масофада эканлиги кўздан кечирилди.

Текширувлар якунида аниқланган камчиликлар, олиб борилиши лозим бўлган таъмир ишлари ҳақида ҳисобот тайёрланиб, тегишли чора-тадбирлар ишлаб чиқилиши белгилаб олинди.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

МАВСУМГА ПУХТА ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА

“Иссиқлик электр станциялари” АЖ тизим корхоналарида олиб борилаётган куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари доирасида станциялардаги барча асосий ва ёрдамчи қурилмалар яна бир бор қайта назорат ва синовдан ўтказилмоқда.

Хусусан, “Толимаржон ИЭС” АЖнинг 450 МВтли 1-буғ-газ қурилмасига тегишли трансформаторнинг автоматик ёнғинни ўчириш тизими созлиги масъуллар назорати остида текширувдан ўтказилди.

“Иссиқлик электр станциялари” АЖ томонидан сентябрь ойининг иккинчи декадасидан элон қилинган “сафарбарлик ойлиги” доирасида бўлиб ўтган мазкур текширув ишлари келгусида ишлаб чиқариш жараёнининг тўхтовсиз ва самарали амалга оширилишида муносиб восита бўлиб хизмат қилади.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати. 

МАСЪУЛИЯТЛИ ВАЗИФА МУНОСИБ УДДАЛАНДИ

“Иссиқлик электр станциялари” АЖ тизим корхоналарида электр энергиясига бўлган талаб ортадиган олдиндаги куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари уюшқоқлик билан қизғин давом этмоқда. Хусуман, “Толимаржон ИЭС” АЖнинг 2017 йил ишга туширилган 450 МВтли 1-буғ-газ қурилмасида илк бора тўлиқ таъмирлаш ишлари олиб борилаяпти.

Таъмир доирасида буғ-газ қурилмасидаги барча эҳтиёт қисмлар Япониянинг “Mitsubidhi Corporation” компанияси мутахассилари билан ҳамкорликда таъмирланмоқда.   Таъмир мобайнида роторнинг генератордаги тирсаклар текширувдан ўтказилиб, аниқланган камчиликлар бартараф этилди, емирилиш, ёрилиш аломатлари аниқланган тирсаклар ечиб олиниб, уларнинг ўрнига махсус текширувдан ўтказилган янги тирсаклар ўрнатилди.

Шунингдек, роторнинг қўзғатиш чўлғамламлари алмаштирилиб, яхшиланди ва айни вақтда ротор генератор ичига жойлаштирилиб,  ускуналарни йиғиш ишлари бажариляпти.

-  Куз-қиш мавсумига тайёргарлик жараёнида  1-буғ-газ қурилмасидаги барча ускуналар мукаммал таъмирланди. Жумладан, генераторнинг статор чўлғамлари ҳамда роторнинг демпфер чўлғамлари алмаштирилди,-дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Бош директори Олим Юсупов. –Энди эса олдинда яна бир муҳим вазифа – 1-буғ-газ қурилмасини тўлиқ ишга туширишга киришамиз.

  “Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

СТАНЦИЯЛАРАРО ТАЖРИБА АЛМАШИШ ДЎСТОНА МУНОСАБАТНИ МУСТАҲКАМЛАЙДИ

“Иссиқлик электр станциялари” АЖ тизим корхоналарида ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш, ходимларнинг билим кўникмаларини мустаҳкамлаш, ишчилар орасида дўстона муносабат ҳамда ўзаро фикр алмашиш жараёнини янада ривожлантириш мақсадида станциялараро тажриба алмашиш ишларини амалга ошириш бўйича аниқ чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқилган.

Шунга кўра  “Талимаржон ИЭС” АЖда меҳнат қилаётган ходимлардан бир гуруҳи айни кунларда “Сирдарё ИЭС” АЖ, “Тўрақўрғон ИЭС қурилиш дирекцияси” УК ва “Навоий ИЭС”АЖда бўлиб, гидротехник иншоотлар цехи навбатчи устаси, станция ҳамда қозон турбина цехи навбатчилар бошлиғи каби бир қатор мутахассисликлар бўйича мавжуд билим ва кўникмаларини мустаҳкамламоқда.

Шунингдек, мазкур жараёнда “Талимаржон ИЭС” АЖ ходимлари  станциялардаги эксплуатация ишлари, ўрнатилган энерготежамкор технологиялар фаолияти, ишлаб чиқариш ва эксплутацияга оид техник ҳужжатларнинг юритилиши, олдиндаги куз-қиш мавсумига тайёргарлик мобайнида амалга оширилаётган ишлар билан ҳам яқиндан танишмоқдалар.

– Бу каби амалиёт жараёнлари ишчиларнинг нафақат ўз мутахассисликлари бўйича билимларининг ошиши, балки станциялараро дўстона муносабатнинг шаклланиши учун ҳам муҳим восита бўлиб хизмат қилади,-дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ ўқув машғулот бўлими бошлиғи Одилбек Омонов.

Шуни алоҳида таъкидлаш лозимки, “Иссиқлик электр стациялари” АЖнинг 2022 йил 11 апрелдаги буйруғига мувофиқ амалга оширилаётган тажриба алмашиш ишлари ходимларнинг янги билимларни эгаллашлари, ўз тажрибалари давомида ўрганганларини бошқа ҳамкасбларига ҳам улашишлари учун муносиб дастуриламал бўлиб хизмат қилмоқда.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

Каналга аъзо бўлинг.

Куз-қиш мавсумига тайёргарлик

Куз-қиш мавсумига тайёргарлик жараёни доирасида “Толимаржон ИЭС” АЖдаги 220 ва 500 кВ кучланишли очиқ тақсимлаш қурилмалари иссиқлик ўлчагич назоратидан ўтказилди.

“Ўзэнергосозлаш” МЧЖ ходимлари томонидан ўтказилган текширувлар жараёнида очиқ тақсимлаш қурилмаларидаги барча улама контактларда қизиш жараёни юзага келмаганлиги, уларнинг ҳаво ҳарорати билан мос ҳолатда ишлаётганлиги кўздан кечирилди.

Белгиланган режага асосан ўтказилаётган мазкур текширувлар натижасида аниқланган камчиликлар олдиндаги жорий таъмир жараёнида  бартараф этилади.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ УЙҒУНЛИГИ СИНОВДАН ЎТКАЗИЛДИ

Ўзбекистон Респуликаси Президентининг 2022 йил 30 майдаги "Ўзбекистон Республикаси сейсмик хавфсизлигини таъминлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарори ҳамда "ИЭС" АЖнинг 2022 йил 30 июндаги кўратмаси ижросини таъминлаш мақсадида барча тизим корхоналарида олдиндаги куз-қиш мавсумида юзага келиши мумкин бўлган фавқулодда ҳолатларда уни беталофат ўтказиш бўйича махсус тактик  ўқув машғулотлари мунтазам ўтказиб келинмоқда.

Хусусан, “Толимаржон ИЭС” АЖда “Табиий ва техноген хусусиятли фавқулодда вазиятлар содир бўлганда зилзила ва унинг оқибатларига оид кўргазмали ўқув-услубий воситалар ёрдамида амалий ўқув машғулотлар” мавзусидаги  ўқув машғулоти бўлиб ўтди.

Машғулот режасига асосан, зилзила содир бўлганда ходимларни эвакуация қилиш, жабрланганларга биринчи тез тиббий ёрдам кўрсатиш, зилзила оқибатида юзага келган ёнғинни талофатсиз бартараф этиш ҳамда станциядаги зарарланган ускуналарни тиклаш ишларини бажариш бўйича корхонадаги махсус гуруҳларнинг тайёргарликлари синовдан ўтказилди.

Шундан сўнг, Қашқадарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси мутасаддилари томонидан зилзиланинг келиб чиқиш сабаблари, бундай ҳолларда қандай йўл тутиш лозимлиги ҳақидаги маълумотлар видеоматериаллар орқали тушунтириб ўтилди.

"Толимаржон ИЭС" АЖ Матбуот хизмати

ЯРАТИЛГАН ҚУЛАЙ МЕҲНАТ ШАРОИТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ

“ИЭС” АЖ тасарруфидаги корхоналар раҳбариятига йўлланган мурожаатлар, станцияларда “Инсон қадри” тамойили остида олиб борилаётган ишларнинг боришини ҳамда   ишчи ходимларининг дам олиш соатларини тўғри ташкил қилинаётганлигини “ИЭС” АЖ мутасаддилари томонидан мунтазам назорат қилиб борилади.

Жумладан, “Толимаржон ИЭС” АЖда ходимларга яратилаётан қулай меҳнат шароитлари, улар томонидан келиб тушаётган мурожаатларнинг қаноатлантирилиш даражаси қай ҳолда эканлиги бирлашган касаба уюшма раиси томонидан ўрганилди.

Шунингдек, станциядаги барча цех ва бўлим раҳбарлари билан ҳам давра суҳбати ташкил қилиниб, иш вақтида ўзаро ҳурмат, ишчилар орасида миллий менталитетимизга хос урф-одатларни янада шакллантириш борасида тегишли маслаҳатлар бериб ўтилди.

Корхона раҳбариятига моддий ёрдам, меҳнат таътили, дам олишга йўлланма сўраб мурожаат қилган ишчи ходимларнинг аризалари ҳам  станциянинг мутасадди ходимлари билан биргаликда таҳлил қилиниб, белгиланган тартиб асосида мурожаатлар қаноатлантирилди, уларнинг айримларига тегишли тавсиялар берилди.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

Фоторепортаж

“Талимаржон ИЭС” АЖда олиб борилаётган куз-қиш мавсумига тайёргарлик пайтида қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда олиб борилаётган ишлар ҳам мазкур масъулиятли жараёнда белгиланган вазифани муносиб адо этиш учун муҳим восита бўлиб хизмат қилмоқда.
Жумладан, “Ўзэнергосозлаш” МЧЖнинг 1-тоифали муҳандиси Актам Нарзиқулов айни пайтда станция ходимлари билан биргаликда энергоблокларнинг таянч осма тизимларни таъмирлаш ва созлаш хараёнида техник ёрдам кўрсатиш ишларини олиб бормоқда.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

“ТАЛИМАРЖОН ИЭС” АЖ ҲУДУДИДА ТАКТИК МАШҒУЛОТ ЎТКАЗИЛДИ

Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги Тоифаланган объектларни қўриқлаш қўшинлари қўмондонлигининг йиллик режасига асосан “Толимаржон ИЭС” АЖ ҳудудида тактик машғулот бўлиб ўтди.

Мазкур машғулот “Толимаржон ИЭС” АЖ ва станция хавфсизлигини назорат қилувчи 99763 ҳарбий қисм ҳамкорлигида “Фавқулодда вазиятлар вужудга келганда ҳамкорликдаги бўлинмаларнинг хавфни бартараф қилиш ҳаракатлари” мавзусида ташкил этилди. Машғулотлар аввалида ўтказилган йиғилишда  ушбу  тадбирнинг мазмун-моҳияти, уни ўтказишдан кўзланган мақсад ва режалар ҳақида йиғилганларга тушунча бериб ўтилди.

Тадбирнинг иккинчи қисми амалий жараёнлардан иборат бўлиб, унда хавфсизлигимиз ҳимоячиларининг жанговар шайлиги, фавқулодда ҳолатларга қай даражада тайёр эканликлари, хавф юзага келганда объект ва ходимлар ҳимоясини қай тартибда ташкил этиш борасидаги тайёргарликлари  саҳналаштирилган вазиятлар орқали синовдан ўтказилди.

Шунингдек, машғулот жараёнида  Миллий гвардия, Қашқадарё вилояти ИИБ, Вилоят ФВБ, Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси ходимлари ҳам  муносиб иштирок этдилар.

Тадбирда фаол иштирок этганлар “Талимаржон ИЭС” АЖ ҳамда 99763 ҳарбий қисм маъмурияти томонидан ташаккурнома ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

“ИЭС” АЖ ТИЗИМ КОРХОНАЛАРИ ХАЛҚ ХИЗМАТИДА

“Иссиқлик электр станциялари” АЖ тизим корхоналари томонидан ўз ҳудудига ёндош бўлган  жойларни ободонлаштириш, у ерда истиқомат қиладиган аҳолининг яшаш шароитларини яхшилаш бўйича тизимли ишлар амалга ошириб келинмоқда.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 14 апрелдаги “Президент таълим муассасалари агенлиги тизимидаги ихтисослаштирилган мактаблар тармоғини кенгайтириш тўғрисида”ги Фармонига асосан   “Толимаржон ИЭС” АЖ томонидан станция жойлашган Нишон туманида фаолият бошлаган ихтисослаштирилган мактабда таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда.

Мазкур жараёнда станция ходимлари томонидан мактаб ошхонаси ва устахонаси қайта реконструкция қилиниб, мактаб биносининг  фасадига ранг бериш  ишлари амалга оширилди. Шунингдек, илм маскани атрофини кўкаламзорлаштириш, иссиқлик таъминоти қувурлари ва бинонинг электр узатиш ускуналарини монтаж қилиш ишлари ҳам бажарилаяпти.

Маълумот ўрнида айтиш жоизки, станция томонидан амалга оширилаётган ушбу таъмирлаш ишлари мактабда олиб борилаётган реконструкция жараёнининг 30 % ини ташкил этиб, ҳозирги кунда уни белгиланган режага асосан тасдиқланган муддатда якунлаш учун барча ишлар жадал суръатларда давом этмоқда.

“Толимаржон ИЭС” АЖ матбуот хизмати.

"Талимаржон ИЭС" АЖда ОАВ ходимлари иштирокида пресс тур ташкил этилди.

МАВСУМОЛДИ ИШЛАР РЕЖА АСОСИДА БАЖАРИЛМОҚДА

 “Талимаржон ИЭС” АЖда 2022 – 2023 куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари доирасида станциянинг 220 кВ кучланишли очиқ тақсимлаш қурилмасида тасдиқланган режага асосан жорий таъмирлаш ва техник кўрикдан ўтказиш ишлари амалга оширилди.

Мазкур жараёнда электр цехи ходимлари томонидан турбодетандер агрегати ячейкасидаги ток трансформаторларининг селикагеллари алмаштирилиб, болтли уланмалар қотириб чиқилди, изоляторлари   тозаланди.

Таъмир мобайнида ўчиргичлар ҳам текширилиб, ундаги бошқарув шкафларининг шамоллатиш қурилмалари тозаланди.

Шунингдек, электр энергияни узатиб берувчи қўшиб ўчиргичлар ҳам техник кўрикдан ўтказилиб,  ишлаб чиқарилган энергияни қабул қилиб олувчи шиналар тизимига ўрнатилган ажратгичдаги уланиш пичоқларининг тўғри бориши кўздан кечирилди, ажратгичлардаги ергаулагичларнинг тўғри уланганлиги, масофадан бошқариш қурилмалари деталларининг мойланганлиги, қотириш тасмаларининг бўш ва қаттиқлиги назоратдан ўтказилди.

         Шу билан бирга, “Шўртан” газни қайта ишлаш заводининг ним станциясини электр энергияси билан таъминловчи Л-33-Ш электр узатиш тармоғини кучланиш билан таъминлаш мақсадида мазкур тармоққа тегишли қўшиб ўчириш қурилмалари шай ҳолатга келтирилди ва ишга туширилди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

“ТАЛИМАРЖОН ИЭС”ДА НАВБАТДАГИ ГАЗ ФИЛЬТРИ ИШГА ТУШИРИЛДИ

Аввал хабар берганимиздек, “Талимаржон ИЭС” АЖ даги 2-газ узатиш тармоғида олиб борилаётган фильтр сеператор ўрнатиш ишлари  якунланди. Эндиликда унинг ёрдамида кунига 12 000 000 метр куб сифатли газни етказиб беришга эришилади.

Ишга туширилган сепараторлар орқали станциядаги комбинациялашган циклдаги буғ-газ қурилмасининг ишончли ва тўхтовсиз ишлашига эришилади ҳамда корхонадаги газ компрессорлари тўлиқ тозаланган газ ёқилғиси билан узлуксиз равишда таъминланади.

Газ қувурига уланган фильтрлаш қурилмаси замон талабига тўла жавоб берадиган хорижий ускуналарнинг хизмат муддати сезиларли равишда узайтирилишига хизмат қилади, иш унумдорлигини оширади, шунингдек, ускуналарни жорий таъмирлашга сарфланадиган маблағлар ҳажми ва импортдан келтириладиган материаллар сарфининг камайишига ҳам ёрдам беради.

– Мазкур қурилма станцияда мавжуд энергоблокларга сифатли газ етказиб бериш имконига эга,-дейди қозон-турбина цехи бошлиғи Наврўз Холёров.  –Уни ўрнатишдан асосий мақсадимиз иссиқлик ва электр энергиясига талаб ортадиган куз-қиш мавсумида буғ-газ қурилмаларининг барқарор ҳамда ишончли ишлашини таъминлашдан иборатдир.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

“Talimarjon IES” АJdagi avtonom tuzsizlashtirish qurilmasiga xizmat koʼrsatuvchi nasos yangilandi.

Maʼlumki, stantsiyadagi barcha energobloklarni ishlatish va ularning yordamchi qurilmalariga xizmat koʼrsatish uchun texnik suvlardan foydalaniladi.

Mazkur suvlar uskunalarni sovutish tizimida ishlatilgandan keyin stantsiyadan tashqariga chiqarib yuborilayotgan jarayonda sanitareya talablariga mos kelishi uchun tuzsizlashtiriladi.

Kimyo sexi xodimlari tomonidan oʼrnatilgan nasos zararsiz holatga keltirilgan oqova suvlarga bosim berib, ularning chiqib ketishni taʼminlashga xizmat qiladi.

ТЎЛИҚ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА

“Таълимаржон иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамиятининг 2004 йилда ишга туширилган қуввати 800 МВт бўлган 1-энергоблогида тўлиқ таъмирлаш ишлари тезкорлик билан олиб борилаётир. Масъулиятли жараёнда 130 нафарга яқин хорижлик ва маҳаллий мутахассислар иштирок этишаяпти. Айни пайтда генераторнинг совутиш трубкалари ҳамда юқори кучланишли чўлғамларни ўрнатиш, роторнинг гидравлик синов ишлари амалга оширилмоқда.

НАЗВРИЯ ВА АМАЛИЁТ УЙҒУНЛИГИ СИНОВДАН ЎТКАЗИЛДИ

БЕҒУБОР БОЛАЛИКНИНГ БАХТЛИ ОНЛАРИ

7 июнь куни “Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти ишчи-ходимларининг 200 нафар болалари Яккабоғ туманидаги пурвиқор тоғлар бағрида жойлашган, бетакрор табиати, сўлим боғлари, тоза ҳавоси билан киши ҳайратга солгувчи “Соҳибқирон” оромгоҳига мароқли ҳордиқ чиқариш учун етиб келишди. Уларнинг 10 нафари Нуристон қўрғонида истиқомат қилаётган кам таъминланган оилаларнинг фарзандларидир.
Оромгоҳда меҳнат қилаётган мураббийлар томонидан жажжи ўғил-қизлар ўртасида турли мавзудаги зукколар беллашуви, китобхонлик кечалари, спорт мусобақалари ташкил этиш, муқаддас қадамжолар ва табиат қўйнига саёҳатлар уюштириш борасида дастурлар режаси ишлаб чиқилган.
Ундан болаларнинг ўқишдан ташқари вақтларини сермазмун ўтказган ҳолда жисмоний ва руҳий жиҳатдан ҳордик чиқаришларини таъминлаш, улар онгига миллий истиқлол ғояси, ватанпарварлик туйғуларини, миллий ва умуминсоний қадриятларни сингдириш орқали ҳар томонлама баркамол авлод бўлиб улғайишлари ҳамда саломатликларини янада мустаҳкамлашларига кўмаклашадиган қатор тадбирлар ва кўнгилочар томошалар ўрин олган.
- Муҳтарам юртбошимиз раҳнамолигида янгиланаётган Ўзбекистонимизда келажагимиз эгаларига меҳру муҳаббат, ғамхўрлик қилиш, уларни ҳар томонлама баркамол инсонлар қилиб вояга етказиш давлатимизнинг устувор вазифаси даражасига кўтарилган, - дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Бош директори Олим Юсупов. – Жамиятимиз маъмурияти ва касаба уюшма қўмитаси томонидан жамият ишчи-хизматчиларининг фарзандларини дам олдириш ва соғломлаштириш ишларини юқори савияда ўтказиш учун барча тайёргарлик ишлари амалга оширилди. Бу ҳаётда фарзандларини маънан бой, жисмонан соғлом, ахлоқан пок бўлиб улғайишини, уларнинг иқболидан масрурлик туйишни орзу қилмаган инсон бўлмаса керак. Жамиятимиз томонидан ташкил этиладиган соғломлаштириш мавсумларида минг нафар болалар ҳордиқ чиқаришади. Уларнинг қирқ нафари эса кам таъминланган оилаларнинг фарзандлари бўлади. Оромгоҳнинг очилиши байрамини болажонлар катта қувонч билан қарши олишди. Уларнинг шодон кулгулари, хурсандчиликларини кўриб, ўзимиз ҳам бир лаҳза бахтли болалигимизга қайтгандай бўлдик.
Ёзги дам олиш мавсуми бошланишига бағишланган тантанали маросимда сўзга чиққанлар нурли истиқболимиз эгалари бўлган болаларга хуш кайфият, мароқли ҳордиқ чиқаришларини тилашди. Беғубор ёшлик, бахтли болаликни тараннум этувчи мусиқали байрам дастури намойиш этилди. Қувончли лаҳзаларда чор атрофга нур сочган гулхан атрофидаги бахтиёр болалар кўрсатилаётган эҳтиром ва ғамхўрликдан масрур ҳолда қўшиқлар куйлашиб, рақсга тушдилар.
“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

НУРЧИЛАР БЕҒАРАЗ ДОНОРЛИК АКЦИЯСИДА ФАОЛ ИШТИРОК ЭТМОҚДАЛАР

Янги Ўзбекистонимиз эгалари бўлган ўғил-қизларимизни соғлом ва баркамол инсонлар бўлиб вояга етишлари учун ғамхўрлик давлатимиз сиёсатининг устувор вазифаларидан бирига айланган. Президентимиз ташаббуси билан Республика болалар гематологияси, онкологияси ва клиник иммунологияси борасида амалга оширилаётган туб ислоҳотлар бунинг яққол далилидир.
- Онкогемотологик касалликларга чалинган болаларнинг қонга бўлган эҳтиёжини яхшилаш мақсадида “Адолат” СДП томонидан ўтказилаётган “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида ўтказилаётган беғараз донорлик акциясида жамиятимиз ишчи-ходимлари ҳам фаол иштирок этишиб, болажонлар учун қон топширдилар,- дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ касаба уюшма қўмитаси раиси Шуҳрат Нормўминов. – Қувонарлиси бу хайрли тадбирда иштирок этиш истагини билдирганлар сони кун сайин ортиб бормоқда. Зеро, дунёда истиқболимиз умиди бўлган болалар соғлиғи учун қайғуриш, уларга меҳр улашишдан савоблироқ иш бўлмаса керак.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

БИЗ ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ЭГАЛАРИМИЗ!

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти маъмурият ва касаба уюшма қўмитаси томонидан 1 июнь Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан станция ишчи хизматчилари фарзандлари ҳамда Нуристон қўрғонида истиқомат қилаётган жажжи ўғил-қизлар учун “Биз Янгиланаётган Ўзбекистоннинг бахтли фарзандларимиз!” деб номланган байрам тадбири ташкил этилди. Нуристон истироҳат боғида ташкил этилган байрам тадбиридан ўрин олган куй-қўшиқ ва рақсларни ҳаётимиз давомчилари бўлган кичкинтойлар завқу шавқ ила томоша қилдилар.
-Янгиланаётган Ўзбекистонимизда келажагимиз эгаларига меҳру муҳаббат, ғамхўрлик қилиш, уларни ҳар томонлама баркамол инсонлар қилиб вояга етказиш давлатимизнинг устувор вазифаси сифатида белгиланган, - дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Бош директори Олим Юсупов. - Бу байрам мана етмиш икки йилдирки дунёнинг 50 дан ортиқ мамлакатида кенг нишонланиб келади. “Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни” деб ном олган ушбу шодиёнага 1925 йил Женевада болалар фаровонлиги бўйича бутунжаҳон конференциясида асос солинган. Бу ҳаётда фарзандларини маънан бой, жисмонан соғлом, ахлоқан пок бўлиб улғайишини, уларнинг иқболидан масрурлик туйишни орзу қилмаган инсон бўлмаса керак. Жамиятимиз томонидан ташкил этилган ушбу байрам болажонларга қувонч улашганидан бахтиёрмиз. Уларнинг шодон кулгулари, хурсандчиликларини кўриб, ўзимиз ҳам бир лаҳза бахтли болалигимизга қайтгандай бўлдик.
Нурчилар умргузаронлик қилаётган Нуристон қўрғонида болаларнинг беғубор ва қувончли шодиёнаси шоду хуррамликда, кўтаринки руҳда нишонланди. Кўрсатилган эҳтиромдан масрур болажонлар, қўшиқлар куйлашиб, рақсга тушдилар. “Музқаймоқ шоуси” кичкинтойлар учун жуда қизиқарли ва мароқли бўлди. Байрамга келган болаларнинг ҳар бирига тотли музқаймоқлар туҳфа этилди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

Тайинлов

Бекзод Алишерович Буронбоев “Тошкент иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти бош директори лавозимига тайинланди.

Б. Буронбоев бунга қадар “Ўзбекэнерготаъмир” акциядорлик жамиятида ишлаб чиқариш бўйича директор лавозимида фаолият юритиб келган.

———————————

Назначение

Бекзод Алишерович Буронбоев назначен на должность генерального директора АО «Ташкентская ТЭС».

Б. Буронбоев до этого работал директором по производству АО «Узбекэнерготаъмир».

Telegram (https://t.me/ies_uz) | Facebook (https://www.facebook.com/ies.uzbekistan/?ref=pages_you_manage) | Instagram (https://www.instagram.com/ies.uz/) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCeaR2jJNnRM7fGR2hUWPGFA)

ПИЁДАЛАР ВА ВЕЛО ЙЎЛАКЧАЛАРИ ҚУРИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти томонидан Нуристон истироҳат боғидан “Беш ташаббус маркази” биносига қадар бўлган масофада пиёдалар ҳамда велосипедлар йўлакчалари қурилиши давом этаётир. Айни пайтда йўлакларга қизил ва оқ рангдаги брусчаткаларни ётқизиш ишлари жадаллик билан олиб борилмоқда.
- Транспорт воситаларининг тезлиги ортиб бораётганлиги сабабли аҳоли хавфсизлигини таъминлаш бугуннинг энг долзарб вазифасига айланди,-дейди жамият Механизация ва транспорт участкаси бошлиғи Ўрол Назаров. – Қўрғончамизда ўттиз минг нафардан ортиқ аҳоли истиқомат қилишини ҳисобга олсак, ана шундай йўлакчалар ниҳоятда зарур эканлигини аён бўлади. Мақсадимиз болаларимизнинг боғчага, мактабда, қолаверса аҳолини иш жойларига пиёда ва велосипедда бехавотир етиб олишлари учун қулайлик яратишдир.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

НУРЧИЛАР “ҲАЗРАТИ ДОВУД”НИ ЗИЁРАТ ЭТИШДИ

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти маъмурияти ва касаба уюшма қўмитаси томонидан ишчи-хизматчиларни дам олиш соатларини мазмунли ўтказишларига алоҳида эътибор қаратилаётир. Жорий йилнинг ўзида улар мамлакатимизнинг турли гўшаларида жойлашган муқаддас қадамжолар, қадимий меъморий обидалар, улуғларимиз мангу қўним топган зиёратгоҳларда бўлдилар.
Бу сафар нуристонлик нурчилар халқ тилида “темирчилар пири” дея улуғланган Ҳазрати Довуд зиёратгоҳида бўлишди. Мазкур қутлуғ маскан Самарқанд вилояти Нуробод туманининг Оқсой маҳалласида жойлашган. Ул зоти шарифга “Бани исроил қавмидан чиққан пайғамбар” дея таъриф берилади. Эмишки, парвардигори олам у кишига темирчилик, совутсозлик касбини бахшида этган эканлар. Ҳазрати Довуд темирни қўлларига олганларида, оллоҳнинг қудрати ила мумдек юмшаб қоларкан. Темирни ҳар хил шаклга осонликча солиб, турли буюмлар ясар эканлар. Ҳазрат ясаган совут соҳибини ҳар қандай қилич зарбидан ҳимоя қила оларкан.
Бугун станциянинг 1-энергоблогида тўлик таъмир кетаётган долзарб паллада қилинган ушбу зиёрат барча иштирокчиларга хуш кайфият ато этиш баробарида қилинаётган ишларимизда улуғ пирнинг руҳлари мададкор бўлади деб ишонамиз.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

ЭЛЕКТР СТАНЦИЯСИДА 2022-2023 ЙИЛЛАР КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА

“Толимаржон ИЭС” акциядорлик жамиятидаги 2014 йил ишга туширилган, Марказий Осиёда ягона ҳисобланган 800 МВт қувватга эга 1-энергоблокда келгуси куз-қиш мавсумига тайёргарлик мақсадида тўлиқ таъмирлаш ишлари давом этмоқда.

———————————

НА ЭЛЕКТРОСТАНЦИИ ПРОДОЛЖАЮТСЯ ПОДГОТОВИТЕЛЬНЫЕ РАБОТЫ К ОСЕННЕ-ЗИМНЕМУ СЕЗОНУ 2022-2023 ГГ.

На запущенном в 2014 году на «Талимарджанской ТЭС» 1-энергоблоке мощностью 800 МВт, единственном в Центральной Азии, в рамках подготовки к предстоящему осенне-зимнему сезону проводится капитальный ремонт.

ДЕПУТАТЛАР “ТАЛИМАРЖОН ИЭС” АЖ ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИЛАР

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари Дониёр Ғаниев, Жавлонбек Эргашев, Нодиржон Абдувалиевлар 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури доирасида амалга оширилаётган ишларни ўрганиш мақсадида Қашқадарё вилоятига ташриф буюришди.
Улар Нишон туманида жойлашган “Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамиятида ҳам бўлиб, электр энергияси ишлаб чиқариш жараёнлари, кузги-қишки мавсумга ҳозирлик, амалиётга татбиқ этилаётган янги лойиҳалар билан танишишди.
Бош директор Олим Юсупов станцияда амалга оширилаётган ислоҳотлар билан таништираркан, тез орада қурилиши бошланиши кутилаётган ҳар бирининг қуввати 900 МВт бўлган 2 та янги буғ газ қурилмалари саноат корхоналари ва аҳолини электр қуввати билан таъминлаш борасидаги муҳим қадам эканлигини алоҳида таъкидлади.

“ТАЛИМАРЖОН ИЭС” АЖНИНГ 1-ЭНЕРГОБЛОГИДА ТЎЛИҚ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛАЯПТИ

“Талимаржон ИЭС АЖдаги 1-энергоблокда кузги-қишки мавсумига тайёргарлик мақсадида тўлиқ таъмирлаш ишлари уюшқоқлик билан олиб борилаяпти. Айни пайтда демферни чўлғамларини монтаж қилиш, ўрта босимли цилиндрни йиғиш ишлари якунланиш арафасида. Шунингдек, статор чўлғамларини ўрнатиш, юқори босимли қиздиргични монтаж ишлари давом эттирилмоқда.
- Таъмирлаш ишлари сифат ва самарадорлигини таъминлаш мақсадида Россиянинг “Силовые машины” АЖнинг энг малакали мутахассисларини таклиф этганмиз, -дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Бош директори Олим Юсупов. - Ишлаб чиқарувчиларимиз саналган мазкур жамиятнинг созлаш ва синаш ишлари бўйича катта шеф инженери Александр Якубович, 1-тоифали инженерлари Алексей Карабатов, Дмитрий Котомкин, юқори малакали электр машиналари ўровчилари Сергей Бакумов, Максим Классен, Егор Любимов, Андрей Никулин, Александр Белянский, Алексей Коновалов, Сергей Морозовлар бугунги кунда маҳаллий мутахассислар билан ёнма-ён меҳнат қилмоқдалар.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

18 май “Халқаро музейлар куни” муносабати билан бугун республикамиздаги барча музейларда “Очиқ эшиклар” куни ўтказилди. Унда “Иссиқлик электр станциялари” АЖ тизим корхоналари ходимлари ҳам иштирок этди. Жумладан, “Сирдарё ИЭС”, “Тошкент ИЭС”, “Навоий ИЭС”, “Толимаржон ИЭС” ва “Муборак ИЭМ” АЖ ишчи-ходимлари жойлардаги музейлар кўргазмалар ва экспонатлар билан яқиндан танишдилар. Маълумот учун, 18 май – “Халқаро музейлар куни” сифатида 1977 йилдан бери нишонланади.

———————————

Сегодня 18 мая, по случаю «Международного дня музеев», во всех музеях страны прошел «День открытых дверей». В нем также приняли участие работники подведомственных предприятий АО «Тепловые электрические станции». В частности, с выставленными экспонатами музеев на местах ознакомились работники АО «Сырдарьинская ТЭС», «Ташкентская ТЭС», «Навоийская ТЭС», «Талимарджанская ТЭС» и «Мубарекская ТЭЦ». Для сведения, 18 мая - «Международный день музеев» отмечается с 1977 года.

“Ўзэнергосозлаш” МЧЖнинг электр қуввати цехи томонидан “Толимаржон ИЭС” АЖнинг Т-1 трансформаторида ўтказилган жорий таъмирлаш ишларидан сўнг электр куч синов ишлари олиб борилди. Келгуси куз-қиш мавсумига тайёргарлик доирасида электр ҳимоя қобиқлари ва совутиш тизими кўздан кечирилиб, мой таркибини аниқлаш мақсадида кимёвий таҳлил ўтказилди. Шунингдек, электр чўлғамлари созлиги, юқори қувватли киритгичларнинг ҳолати ўрганилиб магнит ўзаги электр синови ўтказилди.

———————————

Специалистами электросилового цеха ООО «Узэнергосозлаш» после текущего ремонта трансформатора Т-1 АО «Толимаржанская ТЭС» были проведены работы по испытанию электрической мощности. В рамках подготовки к предстоящему осенне-зимнему сезону были осмотрены электрозащитные оболочки и система охлаждения, в целях определения состава проведен химический анализ масла. Также были изучены состояние электрических цепей, высоковольтных вводов, проведены электрические испытания магнитного сердечника.

МОЗИЙНИ ЁД ЭТМОҚ, БАХТЛИ КУНЛАР ШУКРОНАСИДИР

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамиятида меҳнат қилаётган бир гуруҳ ёшлар Қашқадарё вилоят тарихи ва маданияти давлат музейи ташриф буюрдилар. Жамият маъмурияти ва касаба уюшма қўмитаси томонидан ташкил этилган ушбу тадбир жараёнида нуристонлик ёшлар музей фондида сақланаётган 30750 та буюмлар, мозийдан сўзловчи сирли экспонатлар, воҳа тарихчилари ва олимларининг нодир қўлёзмалари ва асарлари ҳамда уларга ёзилган шарҳлар билан танишдилар.
- Музей 1975 йил Қарши шаҳрида ташкил этилган бўлиб, 2006 йилга қадар 1909 йил бунёд этилган Хўжа Абдулазизхон мадрасасида фаолият олиб борган. Бу ерга ҳар куни воҳамизнинг турли бурчакларидан ёшлар, хотин-қизлар ва кексалар ташриф буюришади.
2007 йилдан буён мослаштирилган янги бинода фаолият олиб бораётган Қашқадарё вилоят тарихи ва маданияти давлат музейида 4 та - тарих, халқ амалий санъати, илмий маърифий ҳамда маънавий қадриятлар бўлимлари мавжуд. Шунингдек, музейдан мустақиллик йилларида вилоят ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаёти соҳасида қўлга киритилган ютуқлар, фан тараққиётини намоён этувчи замонавий экспонатлар ҳам ўрин олган.
- Буюк ёзувчимиз Абдулла Қодирий таъбири билан айтганда, “Мозийдан сўзламоқ хайрли” дир, - дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти раиси Шаҳризод Дилшодов. – Ўтмишини яхши билган инсон ўз ватанига доимо садоқат билан хизмат қилади. Бу каби тадбирлар ёшларимиз қалбида Ватанга муҳаббат ва садоқат, аждодларга ҳурмат сингари муқаддас туйғуларни ривожлантиришга хизмат қилади.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

Т-1 КУЧ ТРАНСФОРМАТОРИДА ЭЛЕКТР СИНОВ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ

“Ўзэнергосозлаш” масъулияти чеклаш жамият мутахассислари НП “ЭСАН” билан ҳамкорликда “Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти 1-энергоблоки Т-1 куч трансформаторида синов ишларини олиб боришди. Жамият мутахассиси Расул Ариповнинг таъкидлашича, жорий таъмирдан чиққан блокни ишга туширишдан олдин бажарилган бундай текширувлар трансформаторни куз-қиш мавсумида барқарор ишлашини таъминлашда муҳим аҳамият касб этади.
“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

НУРИСТОН ҚЎРҒОНИДА ПИЁДАЛАР ВА ВЕЛОЙЎЛАКЧАЛАРИ ҚУРИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти Механизация ва транспорт участкаси ва қурилиш бўлими ҳамкорлигида Нуристон қўрғонидаги Нуристон истироҳат боғини таъмирлаш ҳамда боғдан “Беш ташаббус маркази” биносига қадар бўлган масофада пиёдалар ва велойўлакчалари қурилиши уюшқоқлик билан олиб борилаётир.
- Транспорт воситаларининг тезлиги ортиб бораётганлиги сабабли аҳоли хавфсизлигини таъминлаш бугуннинг энг долзарб вазифасига айланди,-дейди жамият Механизация ва транспорт участкаси бошлиғи Ўрол Назаров. – Қўрғончамизда ўттиз минг нафардан ортиқ аҳоли истиқомат қилишини ҳисобга олсак, ана шундай йўлакчалар ниҳоятда зарур эканлигини аён бўлади. Мақсадимиз болаларимизнинг боғчага, мактабда, қолаверса аҳолини иш жойларига пиёда ва велосипедда бехавотир етиб олишлари учун қулайлик яратишдир.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

БАЙНАЛМИЛАЛЧИ ЖАНГЧИЛАР ТАҚДИРЛАНДИ

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти маъмурияти ва касаба уюшма қўмитаси томонидан 9 май Хотира ва Қадрлаш куни муносабати байрам тадбири ташкил этилди. Бир пиёла чой устида ўтган мазкур анжуманга станцияда ишлаб нафақага чиққан ва ҳозирда фаолият олиб бораётган байналмилалчи жангчилар таклиф этилди.
Жамият касаба уюшма қўмитаси раиси Шуҳрат Нормўминов байрам қатнашчиларини қутларкан, жамият Бош директори О. Юсуповнинг табригини етказди. Байрамга таклиф этилганларга станция маъмурияти ва касаба уюшма қўмитасининг совғалари топширилди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

1-ЭНЕРГОБЛОКДА ТЎЛИҚ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЖАДАЛЛИК БИЛАН ОЛИБ БОРИЛМОҚДА

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамиятининг 1-энергоблогида тўлиқ таъмирлаш ишлари жадаллик билан олиб борилаётир. Турбина бўлими 3-паст босимли йилиндрларни ёпиш ишлари муваффақиятли бажарилди.
Ротор чўлғамларини янгилаш, статор стерженларини маҳкамлаш ишлари давом эттирилмоқда. Шунингдек, юқори босимли қиздиргичларнинг ўрамлари,стопир задвижкалари алмаштирилиб, конденсат насослари янгиланаётир.
-Тўлиқ таъмирлаш ишлари тасдиқланган режага мувофиқ давом этмоқда, - дейди “Ўзбекэнерготаъмир” АЖ иш бошқарувчиси Баҳром Бўтабоев. - Малакали мутахассислар иштирокида 1-энергоблокдаги электр ишлаб чиқариш ускуналари синчиклаб кўздан кечирилиб, таъмирланиб, қайтадан ўрнатилаяпти. Тўлиқ таъмирлашни муддатидан олдин якунлашни режалаштирмоқдамиз. Жараёнда 200 нафар ортиқ билимдон ва тажрибали мутахассислар иштирок этмоқдалар.
Таъмирлаш ишлари иштирокчиларининг меҳнат қилишлари ва ҳордиқ чиқаришлари учун барча шароит муҳайё этилган.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

НУРИСТОН ЭНЕРГЕТИКА КОЛЛЕЖИДА “КАСБЛАР ФЕСТИВАЛИ” БЎЛИБ ЎТДИ

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти тасарруфидаги Нуристон Энергетика коллежида “Касблар фестивали” бўлиб ўтди. Тадбир доирасида тумандаги барча умумтаълим мактаблари битирувчи синф ўқувчилари коллеж фаолияти билан танишдилар.
Дастлаб тумандаги мактаблардан келган ўқувчилар коллежнинг ўқув биноси, ўқув амалиёт устахонаси, кутубхона ва ётоқхонасини бориб кўришди. Коллеж директори Холбек Эшмаматов, жамият ходимлар бўлими коллеж билан ишлаш бўйича мутахассиси Юлдуз Соатова ва бошқа ишлаб чиқариш таълими усталари анжуман иштирокчиларига коллеждаги мавжуд мутахассисликлар, мамлакатимизда энергетика соҳасида амалга оширилаётган янгиланишлар, электр ишлаб чиқариш жараёни ҳақида батафсил сўзлаб беришди.
- Бугунги тадбирни ўтказишдан мақсад – мактаб ўқувчилари орасидан станциямиз учун зарур бўлган иқтидорли ва билимдон ёш энергетикларни танлаб олишдир, - дейди “Талимаржон ИЭС” АЖ Бош директори Олим Юсупов. - Биз ёшларга станциямиз фаолияти ва коллеждаги йўналишлар ҳақида малакали мутахассисларнинг чиқишлари ташкил этдик. Нурчилик ниҳоятда машаққатли касб. Ҳамма ҳам нурчи бўлавермайди, аммо малакали мутахассислар мана шундай тадбирларда кашф этилиши айни ҳақиқатдир. Шуни алоҳида таъкидлашни истардимки, коллеж станциямиз тасарруфига берилганидан сўнг ўқувчиларга замон талаблари даражасида касб-ҳунар ўргатилишини йўлга қўйиш мақсадида бир қатор қурилиш-таъмирлаш ишларини бошлаб юбордик. Хусусан, коллежнинг маъмурий ва ўқув биноси, устахона, 3 қаватли қўшимча ўқув, 100 ўринли ётоқхона биноларида капитал таъмирлаш ишлари жадаллик билан олиб борилаётир. Коллеж 960 ўринли бўлиб, бу йил 420 нафар йигит-қизлар ўқишга қабул қилиш режалаштирилган.
Нишонлик ёшларда катта таассурот қолдирган фестиваль интиҳосида станция мутахассислари, коллеж мутасаддилари билан эркин мулоқот ташкил этилиб, истиқболдаги режалар, 2022-2023 ўқув йили учун қабул параметрлари ҳақида батафсил маълумот берилди. Анжуман доирасида коллеж қошида ташкил этилган “Тикувчилик курси” битирувчиларига Сертификатлар ҳам топширилди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

9 МАЙ — “ХОТИРА ВА ҚАДИРЛАШ КУНИ” МУНОСАБАТИ БИЛАН САЁҲАТ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ

“Толимаржон ИЭС” АЖ касаба уюшма қўмитаси томонидан станцияда меҳнат қилаётган бир гуруҳ ишчи-ходимлари учун Қарши, Термиз, Бухоро ва Самарқанд шаҳарларига саёҳат ташкил этилди.

Саёҳат давомида, Қарши туманидаги Абу Муин Насафий, Қарши шаҳридаги Хўжаи Жарроҳ, Шаҳрисабздаги Оқсарой мемориал комплекси, Дорилтиловат ва Дорилсаодат ёдгорликлари, Бухоро шаҳридаги Мир Сайид Кулол, Баҳоваддин Нақшбандий, Лаби Ҳовуз, Термиздаги Ат-Термизий мақбараси, Самарқанд шаҳридаги Бибихоним мадрасаси, Регистон ансамблига кирган бинолар, Гўри Амир мақбараси ва бошқа диққатга сазовор жойлар зиёрат қилинди.

Йил сўнгига қадар Президентимизнинг “Ички ва зиёрат туризмини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш мақсадида “Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қил!” ички туризмни ривожлантириш Дастури доирасида ходимлар учун яна кўплаб саёҳатларни ташкиллаштиришни режалаштирганмиз. Мақсадимиз ишчи-ходимларнинг маданий ҳордиқ чиқаришларига ҳар томонлама кўмаклашишдир,-дейди “Толимаржон ИЭС” АЖ касаба уюшмаси қўмитаси раиси Шуҳрат Нормўминов.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

"ЎЗБЕКИСТОН БЎЙЛАБ САЁҲАТ ҚИЛ!”

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти касаба уюшма қўмитаси ташаббуси билан станцияда меҳнат қилаётган бир гуруҳ ишчи-хизматчилар жорий йилнинг 1-4 май кунлари Қарши, Термиз, Бухоро ва Самарқанд шаҳарларида саёҳатда бўлишди. Улар Қарши туманидаги Абу Муин Насафий, Қарши шаҳридаги Хўжаи Жарроҳ, Шаҳрисабздаги Оқсарой мемориал комплекси, Дорилтиловат ва Дорилсаодат ёдгорликлари, Бухоро шаҳридаги Мир Сайид Кулол, Баҳоваддин Нақшбандий, Лаби Ҳовуз, Термиздаги Ат-Термизий мақбараси, Самарқанд шаҳридаги Бибихоним мадрасаси, Регистон ансамблига кирган бинолар, Гўри Амир мақбараси ва бошқа диққатга сазовор жойларни зиёрат қилдилар.
- Президентимизнинг “Ички ва зиёрат туризмини янада ривожлантиришни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори ижросини таъминлаш мақсадида “Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қил!” ички туризмни ривожлантириш Дастури доирасида ҳар йили қўмитамиз ташкилотчилигида жамиятимиз аъзоларини саёҳатга олиб чиқамиз, -дейди “Талимаржон иссиқлик электр станцияси” АЖ касаба уюшмаси қўмитаси раиси Шуҳрат Нормўминов, - Бу йилги тадбирларимизда Қарши, Термиз, Бухоро ва Самарқанд шаҳарларида жойлашган, қадим тарихимиздан сўйлаётган муқаддас қадамжолар ва истиқлол йилларида бунёд этилган замонавий иншоотлар билан танишдилар. Сайру саёҳат бағишлаган хуш кайфият ишловчиларимизнинг кучига - куч, ғайратига - ғайрат қўшиб, меҳнатда улкан ютуқларни қўлга киритишга илҳомлантиради.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

“Маҳалла ободлиги - юрт фаровонлиги” шиори остида ўтказилаётган умумхалқ хайрия ҳашари доирасида “Тошкент ИЭМ” АЖ ва “Толимаржон ИЭС” АЖ корхоналари ҳам ободонлаштириш ишларида жонбозлик кўрсатишди.

“ТОЛИМАРЖОН ИЭС” АЖ ҚАРШИ ШАҲРИДА ЎТКАЗИЛГАН “КАРЬЕРА КУНИ” МЕҲНАТ ЯРМАРКАСИДА ИШТИРОК ЭТДИ

Ярмаркада ўтказилган тадбирлар натижасига кўра Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институтининг 10 нафар битирувчиси келгусида “Толимаржон ИЭС” АЖда ишлайдиган бўлди.

———————————

АО «ТАЛИМАРДЖАНСКАЯ ТЭС» ПРИНЯЛО УЧАСТИЕ В ЯРМАРКЕ ТРУДА «ДЕНЬ КАРЬЕРЫ» В ГОРОДЕ КАРШИ

По итогам мероприятий, проведенных на ярмарке 10 выпускникиков Каршинского инженерно-экономического института в будущем будут работать в АО «Талимарджанская ТЭС».

ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЮКСАК УЮШҚОҚЛИК ВА ҲАМЖИҲАТЛИК БИЛАН ДАВОМ ЭТТИРИЛАЁТИР дейди “Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти таъмирлаш хизмати бошлиғи Турдибек Алиев:
2022-2023 йилги куз-қиш мавсумида саноат корхоналари ва аҳоли хонадонларини электр энергияси билан барқарор таъминлаш мақсадида станциямиздаги 1-энергоблокда тўлиқ таъмирлаш ишлари уч ойга режалаштирилган бўлиб, уни муддатдан илгари якунига етказиш учун барча имкониятларни ишга солаяпмиз. Айни лаҳзаларда генераторнинг стерженлари монтажига киришилди. Турбинадаги диаграфмалар сифатли тозаланиб, монтаж қилиш давом этмоқда. Масъулиятли жараёнда “Ўзбекэнерготаъмир” АЖ, “Ўзэнергосозлаш” МЧЖ ва жамиятимизнинг билимдон ва тажрибали муҳандис-техниклари иштирок этмоқдалар. Шунингдек, хориждан таклиф этилган малакали мутахассислар ҳам таъмирлаш жараёнини синчиклаб кузатган ҳолда, бажарилиши керак бўлган ишлар юзасидан ўз маслаҳатларини бериб туришибди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

Маҳаллийлаштириш дастури асосида “Ўзбекэнерготаъмир” АЖ Тошкент бирлашган участкаси томонидан ишлаб чиқарилган 2691 та темир қувурлар ўрами “Толимаржон ИЭС” АЖга етказиб берилди. Станциянинг яна бир буюртмасига кўра – темир қувурларда иссиқ ва совуқ кучланиш таъсирини камайтиришда фойдаланиладиган компенсаторлар ва керакли эҳтиёт қисмлари ҳам тайёрланди.

———————————

В соответствии с программой локализации на АО «Толимаржанская ТЭС» поставлено 2691 обмотка железных труб, произведенных Ташкентским объединенным участком АО «Узбекэнерготаъмир». По другому заказу станции – были также изготовлены компенсаторы и необходимые запчасти, которые использовались для уменьшения влияния горячего и холодного напряжения на стальных трубах.

ТАЛИМАРЖОН ИЭС” АЖ ҚАРШИ ШАҲРИДА ЎТКАЗИЛГАН “КАРЬЕРА КУНИ ВА БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ” ЯРМАРКАСИДА ИШТИРОК ЭТДИ

Қарши Муҳандислик Иқтисодиёт институтида бўлиб ўтган мазкур тадбирда воҳадаги ўттизга яқин йирик ишлаб чиқариш ва саноат корхоналари иштирок этди. Кун бўйи бўлиб ўтган маҳорат дарсларида “Талимаржон ИЭС” АЖ раҳбар ва малакали мутахассислар иштирок этишиб, суҳбат ва савол - жавоблар натижаларига кўра 10 нафар битирувчи билан келгусида меҳнат шартномаси имзолаш борасида институт раҳбарияти билан келишиб олдилар.
Маълумотларга қараганда, бу йил институтни бакалавр ва магистратура йўналишларида таҳсил олаётган 1 734 нафар талабалар тамомлашади. Ярмарка доирасида 252 нафар талабалар юқорида таъкидланган корхоналарга ишга жойлаштириладиган бўлди. Ижтимоий ҳимояга муҳтож 42 нафар талабалар институтнинг ўзида иш билан таъминланди. 37 нафар талабага имтиёзли кредит ажратиладиган бўлди, ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш корхоналари эса 216 нафар талаба билан меҳнат шартномаси имзолашди.
Меҳнат ярмаркаси доирасида Белорусь миллий техника университети билан ҳамкорликда “Замонавий энергетика истиқболлари” мавзуида телекўприк ҳам ташкил этилди.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

ЖОНАЖОН ЎЗБЕКИСТОНИМИЗНИНГ НУРЛИ ИСТИҚБОЛИ УЧУН ХИЗМАТ ҚИЛИШГА ДОИМО ШАЙМИЗ!

Нишон туманида жойлашган 99763-ҳарбий қисм аскарлари Ўзбекистон Республикасининг Конституциясини ва қонунларини муқаддас билиб, уларга риоя этишга, ҳарбий низомларни, қўмондонлар ва бошлиқларнинг буйруқларини сўзсиз бажаришга, ҳарбий интизомга қатъий риоя қилишга, ҳалол, жасур ва сергак жангчи бўлиш, юртнинг нурли истиқболи ва мустақиллигини мардларча ҳимоя қилишга қасамёд қилдилар.
Биз қасамёд қилган аскарларимизга Ватанимнинг мустақиллигини, унинг сарҳадларини, она халқимизнинг тинчлиги ва осойишталиги, миллий манфаатларимизни, Ўзбекистон Республикасига қарши қаратилган ҳар қандай тажовуз ва ғаразли ҳаракатларга қарши аёвсиз курашишда ўз бурчларини виждонан бажариб, эл-юртимизнинг юксак ишончини шараф ила оқлашларига буюк соҳибқирон бобомиз Амир Темур ҳазратларининг руҳлари мададкор бўлишини тилаб қоламиз.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

ЁШЛАР ЎРТАСИДА ШАХМАТ-ШАШКА МУСОБАҚАСИ ЎТҚАЗИЛДИ

“Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамиятида меҳнат қилаётган ёшлар ўртасида спортнинг шахмат ва шашка турлари бўйича мусобақа бўлиб ўтди.
Қизғин баҳслар ва ҳаяжонли дақиқаларга бой бўлган беллашувларда биринчи ўринни Марказлашган таъмирлаш цехи чилангари Жамол Бозоров қўлга киритди. Иккинчи ўринни Техник жараёнларни автоматик бошқариш тизимлари цехи Умид Эргашев қўлга киритган бўлса, учинчи ўринга Электр цехи ишчиси Шерзод Эшмирзаевлар лойиқ деб топилди.
“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати

“ТАЛИМАРЖОН ИССИҚЛИК ЭЛЕКТР СТАНЦИЯСИ” АЖ ХОДИМЛАРИ ХОРИЖДА МАЛАКА ОШИРМОҚДА

Ўзбекистон Республикаси билан Россия Федерацияси ўртасидаги ҳамкорлик дастурини амалга ошириш бўйича “Йўл харитаси”га асосан “Иссиқлик электр станциялари”” АЖ томонидан тасдиқланган жадвалга мувофиқ барча корхоналар қаторида “Талимаржон Иссиқлик электр станцияси” акциядорлик жамияти ишчи-ходимларининг ҳам малакаси оширилмоқда.
Петербург Энергетика институтида станциянинг Электр цехи реле ҳимояси ва автоматика бўйича устаси Акрам Тўхтаев “Рақамли реле ҳимояси ва автоматика қурилмаларидан фойдаланганда танлаш, мантиқий шакллантириш, иккиламчи коммутация”, Қозон турбина цехи бошлиғининг таъмирлаш ишлари бўйича ўринбосари Кенжа Жўраев “Буғ турбиналарида хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш” йўналишлари бўйича амалий машғулотларда иштирок этишаяпти.

“Талимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати.

ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН – ЯНГИЧА ТУРИЗМ

Нуристонлик нурчилар Хоразм халқ меъморчилигининг ноёб дурдоналари бўлган мадраса, масжид, сарой ва муаззам минораларни ўзида мужассам этган Хивадаги қадимий ёдгорлик саналган Ичанқалъада бўлдилар.
- 2500 ёшга тўлган афсонавий шаҳар дея эътироф этилаётган Хивада меъморий обидаларни томоша қилар эканмиз, ўзимизни ўрта асрларда юргандек ҳис этдик,- дейди “Толимаржон ИЭС” АЖ касаба уюшма қўмитаси раиси Анвар Аширов. - У ички қалъа –Шаҳристон, ташқи –Дишан қалъалардан иборат экан. Бу муқаддас қадамжога ташриф буюрсангиз, 4 даврга хос тарихий ёдгорликларни кўрасиз. Ичан қалъа меъморий ёдгорликлари ёғоч ўймакорлиги, сангтарошлик, ганчкорлик, сиркор сопол ва бошқа миллий наққошлик услублари билан безатилганлиги бизни ҳайратга солди. 1990 йилдан Ичан қалъа ансамбли Бутун жаҳон ёдгорликлари рўйхатига киритилган экан. Хива ўрта асрларда илм фан ривожланган маскан бўлган.
“Толимаржон ИЭС” акциядорлик жамияти маъмурияти ва касаба уюшма қўмитаси томонидан ишчи-хизматчиларнинг янгиланаётган Ўзбекистонимиздаги қадимий меъморий объектлар, муқаддас қадамжолар билан таништириш мақсадида ташкил этилган мазкур тадбир ҳур диёримизда ички туризмни ривожлантиришга муносиб ҳисса бўлиб қўшилиши билан аҳамиятлидир.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати

ИҚТИДОРЛИ ЁШ ЭНЕРГЕТИКЛАР САРАЛАНМОҚДА

Синовдан муваффақиятли ўтган талабалар “Толимаржон” ИЭС” АЖ ва “Муборак ИЭМ” АЖда шартнома асосида ойлик маош тўланадиган амалиётга жалб этилади.

———————————

ИДЕТ ОТБОР ПЕРСПЕКТИВНЫХ МОЛОДЫХ КАДРОВ

Успешно прошедшие испытания студенты будут привлечены на производственную практику в АО «Талимарджанская ТЭС» и АО «Мубарекская ТЭЦ» на договорной основе с условием выплаты заработной платы.

ЭЛЕКТР СТАНЦИЯЛАР КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРЛАНМОҚДА

“Толимаржон ИЭС” акциядорлик жамияти 1-энергоблокида 2022-2023 йиллар куз-қиш мавсумига тайёргарлик доирасида бошланган таъмирлаш ишлари давом этмоқда.

Айни пайтда энергоблокда станция ва “Ўзбекэнерготаъмир” акциядорлик жамиятининг 130 нафар малакали муҳандис - техниклари иш олиб боришяпти. Улар хусусан, энергоблокда ротор электр чўлғамларини алмаштириш, турбинанинг юқори босимли қиздиргичларини сифатли таъмирлаш, парраклар ва диафрагмаларни тозалаш ишларини бажаришмоқда.

- Бугунги кунда бор диққат эътиборимизни 2022-2023 йилги куз-қиш мавсумига пухта тайёргарликка қаратганмиз. Мақсадимиз мавсумда саноат корхоналари ва аҳоли хонадонларини электр энергияси билан барқарор таъминлаш, ишлаб чиқариш жараёнига таъсир этиши мумкин бўлган турли фавқулодда ҳолатларнинг олдини олишдан иборат, - дейди ишлаб чиқариш бўлими бошлиғи Шухрат Султонов.

Маълумот ўрнида, 1-энергоблокда олиб борилаётган таъмирлаш ишлари 90 кунга режалаштирилган. Созлаш ишларида иштирок этаётган барча мутахассислар учун қулай меҳнат шароитлари яратилиши таъминланган.

“Толимаржон ИЭС” АЖ Матбуот хизмати

“Ўзэнергосозлаш” МЧЖ мутахассислари томонидан “Толимаржон ИЭС” АЖда станциянинг электр цехи мутахассислари билан ҳамкорликда кучланиш ва ток ўлчов трансформаторлари ҳамда электр энергиясини ҳисобга олиш воситаларини хатловдан ўтказиш, ўтказилган хатлов бўйича маълумотларни белгиланган шаклда таҳлил қилиш, станция электр энергиясини ҳисоблаш тизимининг ишга лаёқатлилиги даражаси ва янги электр энергиясини ҳисобга олиш ўлчов комплексларини киритиш борасидаги ишлар амалга оширилмоқда.

——————————

Специалистами ООО «Узэнергосозлаш» совместно со специалистами электрического цеха станции на АО «Толимаржанская ТЭС» проводятся работы по инвентаризации измерительных трансформаторов напряжения и тока и средств учета электрической энергии, анализу в установленной форме данных по проведенной инвентаризации, оценке степени работоспособности системы учета электрической энергии станции и внедрению новых измерительных комплексов учета электрической энергии.

ТАРАҚҚИЁТ КУШАНДАСИ БЎЛГАН КОРРУПЦИЯГА НИСБАТАН МУРОСАСИЗ МУНОСАБАТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ – ДОЛЗАРБ МАСАЛА

“Иссиқлик электр станциялари” акциядорлик жамиятининг Бизнес этика, шаффофликка риоя этиш ва комплаенс бўлими томонидан “Толимаржон ИЭС” ва “Муборак ИЭМ” корхоналарида хавфли иллатга қарши курашишга бағишланган семинарлар бўлиб ўтди.

———————————

ФОРМИРОВАНИЕ НЕТЕРПИМОГО ОТНОШЕНИЯ К КОРРУПЦИИ, КАК ВРАГА ПРОГРЕССА ОБЩЕСТВА - АКТУАЛЬНЫЙ ВОПРОС

Отделом деловой этики, соблюдения прозрачности и комплаенса акционерного общества «Тепловые электрические останции» в АО «Талимарджанская ТЭС» и АО «Мубарекская ТЭЦ» проведены семинары, посвященные борьбе с опасным злом.