(O`zbekcha) JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MUROJAATLARI BUYICHA HISOBATLAR

HECH BIR MUROJAAT EʼTIBORSIZ QOLMAYDI
“Talimarjon IES” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga 2020-yilning oʻtgan olti oyi mobaynida Jismoniy va yuridik shaxslardan 49 murojaat kelib tushgan. Shundan 6 tasi Xalq qabulxonasiga, 12 tasi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbariyatiga, qolganlari esa jamiyat Bosh direktoriga yoʻllangan. Murojaatlarning aksariyati ishga joylashish, uy-joy bilan taʼminlash, texnik suvga ulanish va boshqa masalalarda boʻlib, sinchiklab oʻrganilib, ularda bildirilgan muammolarni maqbul yechimlarini topishga harakat qilindi.

12 nafar fuqaro oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish soʻrab murojaat etgan. Ularga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2019-yil 1-iyuldagi 35-sonli hamda “Talimarjon IES” AJning 2019-yil 9-iyuldagi 232-ich-sonli buyruqlariga asosan korxonada “Ish haqi fondi va ish oʻrinlarini optimallashtirish” vazifalari yuklatilganligi bois hozirgi vaqtda boʻsh ish oʻrinlari mavjud emasligi tushuntirilgan.

Jamiyat rahbariga bir nafar fuqaro uy-joy soʻrab murojaat etgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 93-sonli, 2017-yil 29-iyundagi 443-sonli, 2019-yil 19-fevraldagi 147-sonli qarorlariga asosan “Talimarjon IES” AJ tasarrufdagi barcha uy-joylar mahalliy hokimiyat tasarrufiga begʻaraz oʻtkazilganligi sababli uy-joy ajratish imkoniyati yoʻqligi, ushbu masalada mahalliy hokimiyat organlariga murojaat etish zarurligi bildirildi.

19 nafar fuqaro korxonadagi texnik va ichimlik suvga ulanishni soʻrab murojaat etgan. Nuriston qoʻrgʻonchasi “Nurchi” MFYda istiqomat qiluvchi fuqorolar tomonidan ichimlik suvga ulanishni soʻrab qilgan murojaatlari qanoatlantirilgan. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 5 nafar tadbirkorlarga qarashli Savdo doʻkoni va obodonlashtirish maydonlari xamda Issiqxonalardagi ekinlarini sugʻorish uchun texnik suvga ulanishga ruxsat berilgan. Ammo texnik suv zahirasi cheklanganligi, masofa uzoqligi bois qolgan murojaatchilarning iltimosini qondirishning imkoni yoʻqligi bildirilgan.

Toshkent Texnika universiteti talabasi Saidov Abdurashidbekni diplom ishi uchun soʻragan “Talimarjon IES” AJning texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumot” taqdim etilgan. Qolgan murojaatlar turli masalalarda ariza yoʻllashgan va ularda bildirilgan fikrlar toʻliq oʻrganilib, tegishliligi boʻyicha tushuntirishlar olib brilgan.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi. Demakki, ularni oʻz vaqtida oʻrganish va maqbul yechimlarini topish bugunning eng dolzarb vazifasi sanaladi. “Talimarjon IES” AJ rahbariyatiga qilinayotgan hech bir murojaat eʼtibsiz qoldirilmaydi.

“Talimarjon IES” AJ Axborot xizmati.